O'zbekiston sportideSport Tahririyati 14

Kanavaroning so'zlariga ko'ra, xatolarni 10 kundan keyingi o'yinlarda emas, o'rtoqlik o'yinlarida qilgan yaxshiroq

O'zbekiston milliy terma jamoasi Kanada bilan o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi. O'yindan so'ng terma jamoaning bosh murabbiyi Fabio Cannavaro matbuot anjumanida o'yin, raqib va Jahon chempionati guruhidagi fikrlarini bildirdi.

Kanavaroning so'zlariga ko'ra, xatolarni 10 kundan keyingi o'yinlarda emas, o'rtoqlik o'yinlarida qilgan yaxshiroq

2-iyun kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Kanada bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi (2:0). O'yindan so'ng O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Cannavaro matbuot anjumanida o'yin, raqib va Jahon chempionati guruhidagi fikrlarini bildirdi.

Fabio Cannavaro

Har qanday uchrashuvlarda albatta xatolar bo'ladi. Xatolarni 10 kundan keyingi o'yinlarda emas, aynan mana shunday o'rtoqlik o'yinlarida qilgan yaxshiroq. Futbol shunday. Birinchi bo'limda jamoamiz ichham va agressiv o'ynadi. Ikkinchi bo'limda esa top nazoratini ko'proq qo'lga olishni xohladi. Ammo intensivlikni yo'qotdik va bir nechta xatolarga yo'l qo'ydik. Bunday o'yinlarda xato qilsangiz, buning uchun jazolanasisz.

Futbolchilarimdan aynan birinchi bo'limdagidek intensivlikni kutgandim. Men kelganimdangina yuqori intensivlikda o'ynash ustida ishlayapmiz. Osiyo futboli bilan xalqaro futbol o'rtasidagi farqni yaxshi bilaman. Bu oson emas, ammo birinchi bo'limda jamoamda ko'p ijobiy jihatlarni ko'rdim.

Kanada terma jamoasini men ancha davrdan beri kuzatib boraman. U yerda ko'p doʻstlarim bor. So'nggi uch-toʻrt yil ichida jamoa sezilarli darajada o'sdi. Futbol Kanadada juda ommalashdi. Ko'p doʻstlarim bilan suhbatlashdim. Bugun ham juda iqtidorli futbolchilarni ko'rdim.

Yuqori intensivlikda o'ynaganda jarohatlar bo'lib turadi. Hozircha jiddiy narsa yo'q. Ertaga va indinga ko'ramiz. Meningcha, bugun hamma uchun eng katta muammo sovuq ob-havo bo'ldi. Shunga qaramay, ko'p muxlislar stadionga kelishdi. Bunday qo'llab-quvvatlash ostida o'ynash biz uchun juda yoqimli bo'ldi.

Bunday stadionda o'ynash imkoniyatiga ega bo'lsangiz, bundan zavqlanishingiz va qadrlashingiz kerak. Bizni qo'llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarga rahmat aytishimiz kerak. Bugun bu sovuq havo da stadionga kelish oson bo'lmadi.

Portugaliya, Kolumbiya va Kongo juda kuchli jamoalar. Ular dan ikkitasi dunyoning eng kuchli terma jamoalari qatoriga kiradi. Ular bilan o'ynash juda qiyin bo'lishini bilamiz. Ammo futbolchilarimga ham aytdim: bizda yo'qotadigan hech narsa yo'q. Bu mamlakatimiz tarixidagi ilk Jahon chempionati. Shuning uchun ularga faqat bitta narsani aytaman - bundan zavqlaning. Jahon chempionatida o'ynash imkoniyati har doim ham nasib etmaydi.

Husanov juda yaxshi futbolchi. U hali yanada rivojlanishi mumkin, chunki uning salohiyati juda katta. Ba'zan had dan tashqari agressiv bo'lib ketadi, hozir esa vaziyatlarni yaxshiroq o'qishni o'rganishi kerak. Ammo himoyachi sifatida u juda ham yaxshi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston JCh ga tayyorgarlik doirasida 8-iyun kuni Nyu-Yorkda ham Niderlandiyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Milliy terma jamoa JCh dagi dastlabki uchrashuvini 18-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 8:00 da Meksikoda Kolumbiyaga qarshi o'tkazadi.

Ulashish: