Kanada bosh murabbiyi O'zbekiston terma jamoasiga baho berdi
Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh O'zbekiston milliy jamoasiga qarshi bo'ladigan uchrashuv oldidan raqib haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh O'zbekiston milliy jamoasiga qarshi bo'ladigan uchrashuv oldidan raqib haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan Kanada terma jamoasi avvalroq Sharlotta shahrida issiq ob-havo sharoitida jismoniy tayyorgarlik yig'inini o'tkazdi. Endilikda jamoa 1 iyun kuni Edmonton shahrida O'zbekistonga qarshi maydonga tushadi.

TSN nashri jurnalisti Luk Uaylmen bilan suhbatda Marsh O'zbekiston terma jamoasini hurmat qilishini yashirmadi.
"Menimcha, O'zbekiston biz uchun yaxshi raqib bo'ladi", - dedi Kanada ustozI.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, ushbu uchrashuv Kanada terma jamoasi uchun Jahon chempionati oldidan muhim sinov vazifasini o'taydi.
Shuningdek, O'zbekistonga qarshi o'yin Kanada darvozabonlari Maksim Krepo va Deyn Sent-Kler uchun ham o'ziga xos sinov bo'aldi. Hozircha ularning hech biri mundaaldagi asosiy darvozabon maqomini qo'la kiritga olmagan. Shu sababli murabbiy har ikki posbonni bahs davomida sinovdan o'tkazishni rejalashtirgan.
Marshning ma'lum qilishicha, darvozabonlar o'yinni teng taqsimlaydi va tanaffus vaqtida oldindan rejalashtirilgan almashtirish amalga oshiriladi.
Kanada bosh murabbiyi Edmonton muxlislarining qo'llab-quvvatlashidan ham umidvor ekanini ta'kidladi.
"Edmontondagi muxlislarini ko'rishni intiqlik bilan kutyapmiz. Menimcha, stadion to'lib-toshadi", - dedi Marsh.
O'zbekistonga qarshi uchrashuvdan so'ng Kanada terma jamoasi Jahon chempionati oldidan so'nggi nazorat bahsini Irlandiya Respubkasiga qarshi o'tkazadi. Shundan keyin jamoa mundaaldagi ishtirokini boshlaydi.