JCh-2026 tarixdagi eng katta uglerod izini qoldirishi mumkin
2026-yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati tarixdagi eng katta uglerod izini qoldirishi mumkin. Buni eksperlar ma'lum qildilar.

2026-yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati tarixdagi eng katta uglerod izini qoldirishi mumkin. Buni eksperlar ma'lum qildilar.
Turnir tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida o'tkaziladi. Avvalgi mundiyallarda esa 32 ta terma jamoa qatnashgan edi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.
Uchta mamlakatda o'tkazilishi sababli jamoalar uzoq masofalarga parvoz qilishga majbur bo'ladilar. Masalan, Mayami va Vankuver shaharlari orasidagi masofa taxminan 4500 kilometrni tashkil qiladi.

Futbolchilardan tashqari, rasmiylar, jurnalistlar va muxlislar ham shaharlar orasida tez-tez harakatlanadi. FIFA hisob-kitoblariga ko'ra, turnirga 5 milliondan ortiq muxlis tashrif buyurishi kutilmoqda.
Lozanna universiteti (UNIL) mutaxassislariga ko'ra, musobaqa davomida atmosferaga chiqariladigan CO2 miqdori 9 million tonnagacha yetishi mumkin.
Taqqoslash uchun, Parij-2024 Olimpiadasi uchun bu ko'rsatkich taxminan 1,75 million tonnani tashkil etgan. Qatarada o'tgan 2022-yilgi jahon chempionatida esa 3,17 million tonna CO2 chiqindisi qayd etilgan.
UNIL geografi Devid Gogishvilining ta'kidlashicha, Olimpiya o'yinlarida so'nggi yillarda uglerod izini qisqartirish tendentsiyasi kuzatilayotgan bo'lsa, erkaklar o'rtasidagi futbol bo'yicha jahon chempionatida buning aksini ko'rish mumkin.
Ma'lum qilinishicha, 2030-yilgi jahon chempionatida stadionlar geografiyasi yanada kengayadi. Turnir Argentinda, Urugvay va Paragvaydagi uchta ochilish o'yini bilan boshlanadi, shundan keyin musobaqa Marokash, Ispaniya va Portugaliyada davom ettiriladi.