O'zbekiston sportideSport Tahririyati 83

Jahon chempionati. Bugun 4 nafar taekvandochimizga muhlislik qilamiz!

Taekvondo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining uchinchi kuni boshlanmoqda. O'zbekiston sharafini 4 nafar taekvandochi himoya qilishadi.

Jahon chempionati. Bugun 4 nafar taekvandochimizga muhlislik qilamiz!

Ya'ni kun taekvondo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining uchinchi kuni boshlanmoqda. Musobaqa dasturiga ko'ra, bugun yigitlar -45 kg, -73 kg, qizlar esa -42 kg va +68 kg vazn toifalaridagi bahslarda ishtirok etishadi. Unda yurtimiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qilishadi:

Shohjahon Holmurodov (-45 kg)

Ahajon Muhtorov (-73 kg)

Zuhra Izmajbaeva (-42 kg)

Sitora Asrorova (+68 kg).

14 aprel kuni dastur vaqtlari:

9:00 — 14:00 (Saralash bosqichi)

15:00 — 17:30 (Nimchorak va chorak final bosqichi)

18:00 — 20:30 (Yarim final va final bosqichi).

Taekvando

Bu haqda O'zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Manba:Sports.uz
Ulashish: