O'zbekiston sportideSport Tahririyati 57

Islom Ahmedov: "Futbolchilarning darajasidan kelib chiqib yanada yaxshiroq futbol ko'rsatishga qodirmiz"

„Andijon“ning bosh murabbiyi Islom Ahmedov O'zPFL tomonidan aprel oyining eng yaxshi murabbiyi deb e'itirof etildi. U „Andijon“ bilan Superligada 4 o'yinda 3 g'alaba va 1 durrang qayd etdi.

Islom Ahmedov bilan klub matbuot xizmati suhbat o'tkazdi. U suhbatda: „Tabriklar uchun rahmat. Ochiq-oydin, biz shaxsiy yutuqlar uchun harakat qilmadik. Hammasi jamoamizning manfaati, uning g'alabalari uchun qilingan sa'y-harakatlar edi. Xudoga shukr, yuzimiz yorug' bo'ldi. Bu ortida juda katta mehnat yotibdi“ - dedi.

Islom Ahmedov

Islom Ahmedov „Andijon“ning O'zbekiston kubogi guruh bosqichidagi o'yinlarga tayyorgarlik rejalarini ham bayon qildi: „Darhaqiqat, biz jamoamiz qarorgohida yig'ilib, mashg'ulotlarni boshladik. Kubok uchrashuvlari uchun tayyorgarliklarga kirdik. Biz maksimal darajada yuqori maqsadlar sari harakat qilamiz. Aynan shu mezon bo'yicha tayyorgarlik ko'ramiz“ - dedi.

Andijon
Andijon
Andijon
Andijon
Andijon
Andijon
Andijon
Andijon
Andijon

Islom Ahmedov yana shuni ta'kidladi: „Futbolchilarning darajasidan kelib chiqib, yanada yaxshiroq futbol ko'rsatishga qodirmiz. Bunday imkoniyatlarimiz bor va ularni amalga oshirish uchun ish olib boramiz“ - dedi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: