FutboldeSport Tahririyati 51

Gvardiola katta g'alabadan keyin nimalar dedi?

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Kristal Pelas" ustidan qozongan 3:0 hisobidagi g'alaba haqida fikr bildirdi.

Gvardiola katta g'alabadan keyin nimalar dedi?

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining "Kristal Pelas" ustidan qozongan 3:0 hisobidagi g'alaba haqida fikr bildirdi.

"Shaharlarliklar" Antuan Semenyo, Umar Marmush va Savioning bittadan goli evaziga katta hisobda g'alaba qozondi. Chempionat yakunlanishi ikki tur qolganda "Manchesterliklar" musobaqa peshqadami "Arsenal"dan atigi ikki ochkoga ortda qolmoqda.

- "Brentford" bilan 3:0, "Kristal Pelas" bilan 3:0. Bular o'z uslubiga ega juda kuchli raqiblardir. Men juda mamnunman. Endi "Bornmut"ga qarshi ham shuni takrorlashga urinamiz, ammo hozircha Angliya kubogi finaliga e'tibor qaratish kerak.

Biz "Arsenal"ning so'nggi o'yini haqida o'ylamadik ham, gaplashmadik ham. Biz faqat o'zimiz qilishimiz kerak bo'lgan ishni qildik. Har doim past blokda o'ynaydigan raqibga qarshi harakat qilish qiyin, ammo men birinchi kundan o'zimizni pash bloknib yorib o'tish ustida ishlayapman, - dedi Gvardiola Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

"Manchester Siti"ning Angliya kubogidagi "Chelsi"ga qarshi final o'yini 16-may kuni bo'lib o'tadi.

Gvardiola
Manba:Sports.uz
Ulashish: