FutboldeSport Tahririyati 34

Gvardiola endi klublarda ishlamaydi!

Mashhur murabbiy Xosep Gvardiola klub futbolidan ketishini e'lon qildi. U faoliyatida bir yillik tanaffus qiladi.

Gvardiola endi klublarda ishlamaydi!

Mashhur murabbiy Xosep Gvardiola klub futbolidan ketishini e'lon qildi. U faoliyatida bir yillik tanaffus qiladi. „Manchester Siti“ bosh murabbiysi Xosep Gvardiola mavsum yakunlangach, ingliz klubini tark etganidan keyin faoliyatida bir yillik tanaffus qiladi. 55 yoshli mutaxassisning klub futbolidan qaytishi ehtimoli juda past.

Bu haqda jurnalist Serxiyo Gonsales X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar qildi.

Gvardiola

Manba ma'lumotiga ko'ra, Gvardiola faqat terma jamoada ishlash taklifini olganida murabbiylik faoliyatiga qaytadi.

Ta'kidlanishicha, ispaniyalik mutaxassisning „Manchester Siti“dagı o'rnini uning sobiq yordamchisi Enzo Mareska egallaydi. U Gvardiola ketganidan keyingi kundan boshlab vazifaga kirishish bo'yicha kelishuvga ega.

Avvalroq bir necha nufuzli insayderlar Gvardiolaning kelasi yozda „Manchester Siti“ni tark etishi haqida xabar berishgan edi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: