FutboldeSport Tahririyati 49

Fransiyaning eng zo'r hujumchisi jahon chempionatidan qolib ketdi

Fransiya chempionatining eng zo'r to'purari sovriniga "Renn" hujumchisi Esteban Lepol loyiq topildi, biroq u 2026-yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan Fransiya terma jamoasidan chetda qoldi.

Fransiyaning eng zo'r hujumchisi jahon chempionatidan qolib ketdi

Fransiya chempionatining eng zo'r to'purari sovriniga "Renn" hujumchisi Esteban Lepol loyiq topildi. Fransiyalik hujumchi 2025-2026-yilgi mavsumda raqiblar darvozasiga 21 ta gol urib, raqobatchilari – argentinalik Joaquin Panichelli (16 ta gol) va angliyalik Mason Grinvudni (16 ta gol) ortda qoldirdi.

Esteban Lepol

26 yoshli Esteban Lepol Liga 1 to'purarlari po'gasida g'olib chiqqaniga qaramay, 2026-yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan Fransiya terma jamoasidan chetda qoldi.

So'nggi haftalarda mohir hujumching Fransiya milliy terma jamoasi safiga chaqirilishi atrofidagi juda ko'p bahs-munozaralar bo'layotgan edi.

Biroq, yakunda bosh murabbiy Didye Desham ushbu variantdan voz kechib, Markus Tyuram va Jan-Filipp Mateta kabi tajribaliroq hujumchilarga ishonch bildirdi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: