Fransiya futboli tarixidagi eng zo'r to'purar vafot etdi
„Lion“ tarixidagi eng yaxshi to'purar Fleri Di Nallo 83 yoshida vafot etdi. U faoliyati davomida „Lion“ safida 222 ta gol urgan.

„Lion“ tarixidagi eng yaxshi to'purar Fleri Di Nallo 83 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Fransiya klubi matbuot xizmati.
Fransiya kubogining uch karra sohibi faoliyati davomida „Lion“ safida 222 ta gol urgan. Bu ko'rsatkich bo'yicha Fleri Di Nallo yakqol rekordchi hisoblanadi. To'purarlar reytingida ikkinchi o'rinda qayd etilgan Aleksandr Lyakazett hisobi da 201 ta gol bor.

Fleri Di Nallo Fransiya chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 187 ta gol bilan sakkizinchi o'rinni egalagan.
Fransiya milliy terma jamoasi safida Di Nallo 10 ta o'yin o'tkazib, raqiblar darvozasini sakkiz marta ishgal qilgan.