Fotima mashhur yulduzni bolasini tashlab ketganlikda aybladi
Fotima Zahro ismli qiz Budesliganing yangi chempioni "Bavariya" futbolchisi Maykl Olisedan farzand ko`rganini ma`lum qildi.

Fotima Zahro ismli qiz Budesliganing yangi chempioni "Bavariya" futbolchisi Maykl Olisedan farzand ko`rganini ma`lum qildi. Uning aytishicha, angliyalik futbolchi uni va farzandini tashlab ketgan va qiziga hech qanday g`amxurlik qilmayapti.
Maykl Olise – qizimning otasi. Afsumki, u bizga xiyonat qildi, bir necha oydin beri men bolam bilan yolg`iz qolib ketdim, - deb yozdi Fotima Zahro ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ayni paytda bir necha grand klublari nishonida turgan Maykl Olise bu ma`lumotlarga hozircha hech qanday izoh bermadi va hali e`tiyor qaratmadi.

Futbolchining Myunxenlik klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning qiymatini 140 million yevro deb baholamoqda.

Horiji mavsumda Maykl Olise barcha turnirlarda 45 ta o`yinda qatnashib, 18 ta gol urdi va 29 ta golli uzatma berdi.





