Florentino Peres saylovlar oldidan "Real" a'zolariga murojaat qildi
Real Madrid prezidenti Florentino Peres saylovlar oldidan klub a'zolariga murojaat qildi va ularni o'z huquqlarini himoya qilishga chaqirdi.

"Real" prezidenti Florentino Peres klub prezidentligi uchun saylovlar arafasida klub a'zolariga murojaat qildi.
"Men - "Real Madrid"man. Boshqalari esa "Real"ni o'zlashtirib olishni istaydi, ammo oxirgi so'z siznikibonadi.
Klub a'zolariga tegishli bo'lib qolishi uchun avvalgidan ham qattiqroq ishlaymiz. Shuning uchun hech kim va hech narsa bizga tegishli bo'lgan boylikni tortib olishi uchun bor kuchimni sarflayman. Biz - klub a'zolari uning kechagi, buguni va ertasi egalari bo'lib qolamiz.
Biz "Real Madrid"ni bugungi darajaga tayyorlash uchun katta ish qildik. "Forbes" talqiniga ko'ra, dunyodagi eng qimmat sport loyihasini yaratdik. Bizni hatto Garvard kabi nufuzli universitetlarda o'rganishmoqda.
Men 2000 yilda saylovda g'alaba qozonganman. Klub barqaror holatga keldi, kettiymen. 2009 yilda esa jamoa qadriyatlarini himoya qilish uchun qaytishga majbur bo'ldim.
Klubning haqiqiy egalari bo'lgan a'zolari suvereniteti hech qachon shubha ostida qolmasligi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. Qancha yolg'on uyLab topishmasin, biznikibolgan narsani tortib olisholmaydi.
Qo'limizda qanday boylik borligini barchamiz unutmamaylik", - dedi Peres.
