FutboldeSport Tahririyati 43
Flik “Barcelona”ga mashhur futbolchi transferini blokladi
Xans-Diter Flik “Barcelona”ning Alessandro Bastoni transferini bloklashi haqida xabarlar tarqaldi.

Xans-Diter Flik “Barcelona”ning Alessandro Bastoni transferini bloklashi haqida xabarlar tarqaldi. Insayder Matteo Moretto ma'lumotiga ko'ra, nemis murabbiyi futbolchining ba'zi texnik jihatlari uning taktik tizimiga mos kelmasligiga tobora ko'proq ishonmoqda.
“Barcelona” sport direktori Deku bir necha oy davomida ushbu transfer ustida ishlagan, ammo endi kelishuv amalga oshmasligi mumkin. Murabbiy klubdan bozorda boshqa variantlarni qidirishni so'ramoqda.

Bastoni transferidagi yana bir muammo – uning yuqori narxi va “Inter”ning o'yinchi transferi bo'yicha “Barcelona”ga imtiyoz bermasligidir.
Manba:Sports.uz