O'zbekiston sportideSport Tahririyati 48

Farhod Nishonov: "Jamom o'z o'yinini ko'rsatganidan xursand bo'ldim"

O'zbekiston kubogi 1-tur doirasidagi “Olimpik-MobiUz” — “Mash'al” o'yinidan so'ng (3:1) mezbonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov o'z fikrlarini bildirdi.

Farhod Nishonov: "Jamom o'z o'yinini ko'rsatganidan xursand bo'ldim"

O'zbekiston kubogi 1-tur doirasidagi “Olimpik-MobiUz” — “Mash'al” o'yinidan so'ng (3:1) mezbonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov o'z fikrlarini bildirdi.

– Dastlabki o'yin haqida va umuman kubokdagi start haqida fikringizni bilarangsiz.

– Bugun kubok o'yinlarini yaxshi boshladik. Yigitlar o'yinni juda yaxshi boshlashdi, gol urdik. Undan keyingi vaziyatlarda ham yaxshi harakat qildik. Kamchiliklarimiz bor, xatolarimiz bor. Eng muhim epizodlar bor, ularni yaxshilashimiz kerak. Bu bo'yicha ishlayapmiz. Lekin bugungi o'yindan ko'nglim to'ldi, chunki yigitlar yaxshi harakat qilishdi va men o'ylayman ki, haqli ravishda g'alaba qozondik.

Olimpik-MobiUz

– Jamoaning ko'rsatgan o'yini – bu sizning ko'rsatmangizning maydondagi amaliy ro'yobimi yoki raqib jamoa juda passiv o'yin ko'rsatdimi?

– Raqibga hurmat qilib gapiraman, chunki raqib baribir "Mash'al" – yaxshi jamoa. Superligada o'yinlari omadsiz boshlandi. Bu hamma jamoada bo'ladigan narsa, deb o'ylayman. Chunki oxirgi o'yinlariga qarasangiz, "Dinamo" bilan o'yinda, "Buxoro" bilan o'yinda yomon harakat qilmagan, tengma-teng kurash olib borgan. Men bugun xursand bo'ldim, jamom o'z o'yinini ko'rsatdi. Biz ulardan nima talab qilgan bo'lsak, bugun o'sha narsani ko'rdim. Bu g'alabaning eng katta sababi, mенимча, bu – ishonch. O'zlariga ishonadi, o'zlarining futbolini ko'rsatdi, shuning hisobiga g'alaba qozondik.

Mash'al

– Umuman olganda, "Olimpik Mobiuz"ni kubok o'yinlarida Superliga jamoalariga qarshi qanday tayyorlayapsiz?

– Har doimgidek tayyorgarlik ko'ramiz, chunki biz har bir raqibga qarshi alohida tayyorlanishimiz kerak. Bu jamoani esdan chiqarmaslik kerak, baribir mas'uliyatli. Oldimizga juda katta vazifalar qo'yilgan. Shuning uchun biz har bir raqibga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.

O'zbekiston kubogi
O'zbekiston Superligasi
O'zbekiston futbol
O'zbekiston sport
O'zbekiston kubogi 1-tur
Olimpik-MobiUz - Mash'al
O'zbekiston futbolchilari
O'zbekiston sporti
Manba:Sports.uz
Ulashish: