«Fanatlik — Oʻzbekistonni sevganimizdan». Fan-klub Jahon chempionatida terma jamoani qanday qoʻllab-quvvatladi?
O'zbekiston terma jamoasini qo'llab-quvvatlayotgan fan-klub a'zolari Jahon chempionatida terma jamoani qanday qo'llab-quvvatlaganligi haqida gapirdi.

Atlantada yashovchi Konnor asli kelib chiqishi Germaniyadan. Oʻzi maʼlumotlar tahlilchisi. Shuningdek, koʻp vaqtini futbolga bagʻishlaydi.
«Mening oilam Germaniyadan, shuning uchun futbol har doim hayotimizning bir qismi boʻlib kelgan. Esimni taniganimdan beri men oʻyinlarni tomosha qilganman, stadionlarga borganman va birorta ham oʻyinni oʻtkazib yubormaslikka harakat qilganman», — deydi Konnor.
Oilaviy anʼanalardan tashqari, uni futbolga doim jalb qilgan narsa, shubhasiz, bu eng xalqaro sport turi ekanligida.
«Koʻplab mashhur sport turlari mavjud, ammo futbol butun dunyo boʻylab odamlarni birlashtiradi. Qaysi mamlakatdan ekanligingiz yoki kimligingiz muhim emas — hamma bu oʻyinning bir qismi boʻlishi mumkin. Shuning uchun men har doim xalqaro turnirlar, milliy chempionatlar va milliy terma jamoalar oʻyinlarini qiziqish bilan kuzatib borganman», — deb tushuntiradi u.