Fabio Caruana: "Javohir juda tez orada xavfli raqibga aylanishini tushunganman"
Italiyalik grossmeyster Fabio Caruana o'zbekistonlik yosh shaxmatchi Javohir Sindarov haqida fikr bildirdi.

Italiyalik grossmeyster Fabio Caruana o'zbekistonlik yosh shaxmatchi Javohir Sindarov haqida fikr bildirdi.
"Rustam Qosimjonov hali 2020-2021 yillarda o'sha paytda juda yosh bo'lgan iqtidorli yigitlar haqida gapira boshlagandi. U hatto Nodirbek Yo'qubboyevni eng iqtidorlilardan biri deb hisoblagan. Ochiqki, shaxmatchilar shunchalik yosh va shunchalik kuchli bo'lgan paytda bunday taxmin qilish juda qiyin.
Nodirbek Abdusattorov bilan ilk bor 2021 yilgi rapid jahon chempionatida o'ynaganman, yakunda u g'olib chiqqandi. Javohir Sindarov haqida ham 2021 yilda eshitganman, lekin u bilan ilk bor 2023 yilgi Grand Swiss turnirida to'qnash keldik. O'shanda uning reytingi unchaliq baland bo'lmasa-da, u kuchli ekanini his qilganman. Debyutlarda bir oz xato, shubhali uslubda o'ynar edi. O'shanda Javohir juda tez orada xavfli raqibga aylanishini tushunganman.
Nodirbek (Abdusattorov) esa allaqachon o'zini dunyoga tanitib ulgurgan. Unining Olimpiada g'olibi bo'lgani biz uchun yangilik emas, bu bir necha yil oldin bo'lgan voqea. Ammo Javohirning Nomzodlar turnirida +6 natija qayd etishi — mana bu hamma uchun chinakam syurpriz va katta kashfiyot bo'ldi", - amerikalik sportchi.








