FutboldeSport Tahririyati 82

Eron o'yinlari AQShda qoladi: Meksika JCh-2026 bahslari ko'chirilmassligini tasdiqladi

Meksika prezidenti Klaudia Sheynbaum Eron milliy jamoasining JCh-2026 guruh bosqichidagi uchrashuvlari AQShdan Meksikaga ko'chirilmassligini tasdiqladi.

Uning ta'kidlashicha, FIFA yakuniy qaror sifatida o'yinlarni dastlab belgilangan manzillarda qoldirishni ma'qul ko'rgan.

"FIFA oxir-oqibat uchrashuvlarni o'zining ilk belgilangan joylaridan ko'chirilmassligiga qaror qildi. Bunday qadam tashkilotdan juda katta logistik sa'y-harakatlarini talab qilar edi", - dedi Sheynbaum.

Bundan avval FIFA prezidenti Janni Infantino ham Eron terma jamoasi chempionatda ishtirok etishini tasdiqlagan edi.

"Eron Jahon chempionatida qatnashadi. Uchrashuvlar rejalashtirilgan joylarda o'tkaziladi. Men bundan xursandman", - degan edi Infantino.

Mart oyida Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj jamoa o'yinlarini Meksikaga ko'chirish masalasi FIFA bilan muhokama qilinayotganini ma'lum qilgandi.

Eslatib o'tamiz, bo'lajak mundaial 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi.

Eron terma jamoasi
Meksika terma jamoasi
JCh-2026
FIFA
JCh-2026 guruh bosqichi
Eron terma jamoasi
JCh-2026
Meksika
AQSh
Kanada
Manba:Sports.uz
Ulashish: