FutboldeSport Tahririyati 240

Eron milliy jamoasi JCH-2026da ishtirok etishdan voz kechishi mumkin

Ma'lumot o'rnida, Eron guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarini AQShda o'tkazishi kerak.

Eron milliy jamoasi JCH-2026da ishtirok etishdan voz kechishi mumkin

2026 yildagi jahon chempionatiga yo'llanma olgan Eron milliy jamoasi AQSh va Isroil ishtirokidagi mojaro keskinlashgani sabab musobaqada ishtirok etishdan voz kechishi mumkin. Bu haqda mahalliy futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Toj xabar berdi.

«Bugun sodir bo'lgan voqealar, AQSh hujumi munosabati bilan jahon chempionatiga umid bilan qarashimiz qiyin. Har qanday holatda ham bu masala bo'yicha qarorni sport rahbarlari qabul qilishi kerak», — dedi Toj.

Ma'lumot o'rnida, Eron guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarini AQShda o'tkazishi kerak. Ularning raqibi Yangi Zelandiya, Belgiya va Misr milliy jamoalari hisoblanadi.

Shuningdek, eronliklar 1/16 finalda AQShga qarshi maydonga tushishi ehtimoli ham bor, bu esa FIFA uchun qo'shimcha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Avvalroq FIFA bosh kotibi Eron haqidagi yangiliklarni o'qigani va voqealar rivojini kuzatib borishini aytib o'tgandi.

Ulashish: