O'zbekiston sportideSport Tahririyati 2

Engil atletika. Osiyo chempionatining soʻnggi kunida uchta medalga ega chiqdik

Oʻzbekiston terma jamoasi engil atletika boʻyicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida 5 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni egalladi.

Engil atletika. Osiyo chempionatining soʻnggi kunida uchta medalga ega chiqdik

Xitoyning Ordos shahrida engil atletika boʻyicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga etdi. Musobaqaning soʻnggi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 2 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Oltin medal:

— Amir Nagaev (balandlikka sakrash)

— Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash)

Bronza medal:

— Oʻgʻiloy Norboeva (etti kurash)

Oʻzbekiston terma jamoasi

Yakunda sportchilarimiz mazkur musobaqada 5 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamgʻarib, umumjamoa hisobida Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi oʻrinni egallashdi.

Barcha gʻolib va sovrindorlar:

Oltin medal:

— Jonbibi Hukmova (400 metr)

— Jonbibi Hukmova (800 metr)

— Valeriya Gorbatova (balandlikka sakrash)

— Amir Nagaev (balandlikka sakrash)

— Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash)

Kumush medal:

— Nurxon Ochilova (400 metr, toʻsiqlar osha)

— Barnoxon Sayfullaeva (balandlikka sakrash)

— Ayyubxon Fayozov (bosqon uloqtirish)

— Ibrohim Mahkamov (uch hatlab sakrash)

Bronza medal:

— Oʻgʻiloy Norboeva (etti kurash)

Manba:Sports.uz
Ulashish: