FutboldeSport Tahririyati 6

Eldor Shomurodov „Istanbul Bashakshehir“ bilan UEFA Konferentsiyalar ligasida oʻynay boshlaydi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi etakchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev oʻynayotgan „Istanbul Bashakshehir“ jamoasi yangi mavsumni UEFA Konferentsiyalar ligasidagi rasmiy oʻyin bilan boshlaydi.

Eldor Shomurodov „Istanbul Bashakshehir“ bilan UEFA Konferentsiyalar ligasida oʻynay boshlaydi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi etakchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev oʻynayotgan „Istanbul Bashakshehir“ jamoasi yangi mavsumni UEFA Konferentsiyalar ligasidagi rasmiy oʻyin bilan boshlaydi.

Turk klubi xalqaro turnirga saralashning ikkinchi bosqichidan qoʻshildi va ilk uchrashuvni oʻz maydonida Finlyandiyaning Turku shahri sharafini himoya qilayotgan „Inter“ jamoasiga qarshi boʻladigan toʻqnashuv bilan boshlaydi.

Eldor Shomurodov

„Bashakshehir Fotih Terim“ stadionida 22 iyul kuni boʻlib oʻtadigan uchrashuv Toshent vaqti bilan 22:45 da boshlanadi. Oʻyinni ispaniyalik hakam Xuan Martines Munuera boshqaradi.

Istanbulliklar Turkiya Superligasida 57 ochko toʻplab, 5-oʻrinni egallagan edi. „Bashakshehir“ chempionatda 3-oʻrinni band qilgan „Trabzonspor“ Turkiya kubogini qoʻlga kiritgani tufayli Konferentsiyalar ligasi yoʻllanmasiga ega boʻldi.

Jamoa oʻtgan mavsum ham UEFA Konferentsiyalar ligasining pley-off bosqichida qatnashib, musobaqani kutilganidan ancha erta tark etdi. Bu gal esa, Nuri Shaxin shogirdlari 2026/2027 yilgi Evropa mavsumini guruh bosqichiga chiqish maqsadi bilan boshlaydi.

Mavsumdagi birinchi rasmiy uchrashuv

„Istanbul Bashakshehir“ yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini oʻz muxlislari koʻz oʻngida oʻtkazadi. Jamoa bosh murabbiy Nuri Shaxin qoʻl ostida mavsumoldi tayyorgarligini 22 iyun kuni Istanbulda boshladi.

2 iyulga qadar „Bashakshehir Fotih Terim“ stadionidagi mashgʻulot bazasida tayyorgarlik olib borgan jamoa dastlabki yigʻinni Oʻzbekistonning „Navbahor“ klubiga qarshi oʻrtoqlik bahsi bilan yakunladi va uchrashuvda 2:4 hisobida yutqazdi.

Shundan soʻng „Istanbul Bashakshehir“ 5–15 iyul kunlari Avstriyaning Gaynberg shahrida yigʻin oʻtkazdi. Bu yigʻin davomida jamoa „Rid“ (ikki marta), „Pushkash“, „Zaltsburg“ va „Krakoviya“ klublariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushib, oʻyin amaliyotini kuchaytirishga harakat qildi.

Tarkibdagi oʻzgarishlar

Yozgi transfer oynasining birinchi qismida „Bashakshehir“ tarkibini uch nafar yangi futbolchi bilan kuchaytirdi.

Jamoa Edin Vishcha, Emin Bayram va Mixal Karbovnik bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, klub oʻtgan mavsum toʻpurari Eldor Shomurodovning shartnomasidagi sotib olish bandini faollashtirib, uning transfer huquqlarini toʻliq qoʻlga kiritdi.

Leo Duarte, Amin Harit va Kozimjon Qoratosh jamoani tark etib boʻldi. Bundan tashqari, Doʻgʻan Alemdar „Beshiktosh“ga, Migel Krespo esa „Al-Xalij“ klubiga transfer qilindi.

„Bashakshehir“ qaydnomasi

Nuri Shaxin UEFA Konferentsiyalar ligasining ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari qaydnomasiga quyidagi futbolchilarni kiritdi.

Darvozabonlar:

Volkan Babajan

Muhammad Shengezer

Deniz Dilmen

Himoyachilar:

Jerom Opoku

Onur Bulut

Hamza Gyureler

Kristofer Operi

Emin Bayram

Useynu Ba

Mixal Karbovnik

Oʻmer Ali Shahiner

Yarim himoyachilar:

Berat Oʻzdemir

Onur Ergyun

Olive Kemen

Abbosbek Fayzullaev

Berkay Oʻzjan

Umut Gyunesh

Hujumchilar:

Yusuf Sari

Davi Zelke

Nuno Da Koshta

Eldor Shomurodov

Ivan Brnik

Bertugʻ Yildirim

Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin qisqa muddatli dam olishdan keyin „Istanbul Bashakshehir“ tarkibida boʻlajak uchrashuvga tayyogarlik koʻrdi.

Eslatib oʻtamiz, Eldor Shomurodov UEFA Konferentsiyalar ligasining gʻolibi hisoblanadi. Ushbu xalqaro turnir ilk bor oʻtkazilgan 2022 yilda oʻzbek futbolchisi „Roma“ safida oʻynab, Konferentsiyalar ligasi bosh sovrinini qoʻlga kiritgan.

Manba:Sports.uz
Ulashish: