Ekitekning mavsumi yakunlandi: hujumchi JCh-2026ni ham o'tkazib yuboradi
Ekitekning mavsumi yakunlandi: hujumchi JCh-2026ni ham o'tkazib yuboradi. Liverpool hujumchisi Yugo Ekitek jarohati sabab mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi va JCh-2026da ham maydonga tushmaydi.

Liverpool hujumchisi Yugo Ekitek jarohati sabab mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi va JCh-2026da ham maydonga tushmaydi.
RMC Sport ma'lumotiga ko'ra, futbolchi Chempionlar ligasi chorak finali javob o'yinida PSGga qarshi bahsda (0:2) jarohat olgan. U uchrashuv davomida nosilkada maydonni tark etgan.

Fransiya terma jamoasi a'zosi chorshanba kuni tibbiy tekshiruvdan o'tadi. Dastlabki taxminlarga ko'ra, unda ahil payining uzilishi aniqdinishi kutilmoqda.

Ortoped-jarroh Nikolya Bodriye L’Équipe'ga bergan intervyusida bu holatni izohladi, kadrlarga qaraganda boshqa tashxis bo'lishi ehtimoli juda pastligini aytadi.

Uning so'zlariga ko'ra, futbolchi ikki marta orniidan turishga urinadi, ammo yura olmaydi. Bunday jarohatlar odatta raqib bilan to'qnasuv tufayli emas, balki tayanchni keskin almashtirish yoki sakras paytida yuzaga keladi.

Mutaxassis, shuningdek, avvaldan mavjud bo'lgan surunkali tendinit, mikrochatnashlar, kistalar yoki boldir mushaklaridagi cho'zilish muammolari bunday og'ir oqibatga olib kelishi mumkinligini ta'kidladi.

Manbaga ko'ra, agar ahil payi to'liq uzilgani tasdiqlanib, operatsiya qilinsa, hatto eng yaxshi holatda ham uning maydonga qaytishi uchun taxminan to'qqiz oy vaqt talab etiladi.



