Deklan Rays: Mikel Arteta meni har tomnoma yarimhimoyachiga aylantirdi
Arsenal yarim himoyachisi Deklan Rays jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta qo'l ostida ishlashi uning qanday o'zgarganini haqida gapirib berdi.

Arsenal yarim himoyachisi Deklan Rays jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta qo'l ostida ishlashi uning qanday o'zgarganini haqida gapirib berdi.
«Arteta meni maydon ortasida ko'proq universal futbolchiga aylantirdi. Endi men hamma ishni bir oz-bir oz qila oladigan yarim himoyachiga o'xshayman. Bir paytlar Stiven Jerrard o'zini shu tarzda tasvirlagani haqida eshitganman: u o'zini maydon markazida hamma ishni bajar oladigan futbolchi deb bilgan. Men ham xuddi shunday fikrdaman. Hujumda ham, himoyada ham o'ynay olaman. Agar orqada qolib, himoyaga yordam kerak bo'lsa — shunga moslashaman. Oldinga o'tib, hujumga qo'shilish talab etilsa — buni ham bajara olaman.
Men doim faol bo'lishni, bir vaqtni o'zida esa xarakterimni, kuchli tomonlarimni namoyon etishni istayman. O'ylayman ki, so'nggi bir necha yil ichida Arteta aynan shu jihatlarimni ochib berishga katta yordam berdi. U bilan dastlabki uchrashuvlarimizdan birida u meni «Arsenal mayagi» deb atagan edi. Bunga o'xshash ta'rifni oldin hech qachon eshitmaganman. U shunday gaplarni aytadiki, odatda odamning xayoliga ham kelmaydi. Shu bois bu men uchun juda ham o'ziga xos va esda qolarli bo'ldi», — deya Raysning so'zlarini UEFA rasmiy sayti keltiradi.
