Daniil Yeybog 1500 metr masofadagi bahslarni 14-oʻrinda yakunladi
O'zbekistonlik sportchilar Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroklarini boshlashdi

Togʻ changʻisi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Medet Nazarov Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimizning ishtirokini boshlab berdi.
Gigant-slalom dasturining 1-startida qatnashgan vakilimiz 1:25.75 daqiqa natija koʻrsatdi.
Ikki start yakunida 2:46.89 daqiqa qayd etgan Nazarov ushbu dasturni 50-pogʻonada yakunladi.
Short-trekchimiz Daniil Yeybog 1500 metr masofada kechgan chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtdi. Hamyurtimiz oʻz guruhida 2:16.963 vaqt bilan 3-boʻlib finishga yetib keldi va yarim finalga yoʻl oldi.
Yeybog oʻz guruhida roppa-rosa 2 daqiqa 18 soniyada bilan 3-boʻlib finishga keldi.
Afsuski, bu “A” finaliga yoʻllanma olish uchun yetarli boʻlmadi.
“B” finalida qatnashgan Yeybog marraga 5-boʻlib yetib keldi.
Ushbu natija bilan u mazkur masofadagi chiqishini 14-pogʻonada tugatdi.