FutboldeSport Tahririyati 35

Dani Karvaxal "Real Madrid" tarixidagi so'nggi o'yinida Florentino Peresga alohida minnatdorchilik bildirdi

Dani Karvaxal "Real Madrid" tarkibida so'nggi o'yinini o'tkazdi va prezident Florentino Peresga alohida minnatdorchilik bildirdi.

Dani Karvaxal "Real Madrid" tarixidagi so'nggi o'yinida Florentino Peresga alohida minnatdorchilik bildirdi

Dani Karvaxal "Real Madrid" tarkibida so'nggi o'yinini o'tkazdi. Ispaniyalik himoyachi La Liganing 38-turida "Atletik Bilbao"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va jamoasining 4:2 hisobidagi g'alabasiga uzatma bilan hissa qo'shdi.

Uchrashuvdan so'ng stadion oldida xayrlashuv nutqi so'zlagan Karvaxal klub prezidentiga alohida minnatdorchilik bildirdi. U Florentino Peresga uni "Bayer"dan qaytarib olgani va og'ir jarohatdan keyin darhol yangi shartnoma taklif qilgani uchun rahmat aytib o'tdi.

Dani Karvaxal "Real Madrid" safida 451 ta o'yin o'tkazib, jamoa bilan 27 ta sovrinni qo'lga kiritgan.

Dani Karvaxal
Manba:Sports.uz
Ulashish: