Chempionlik jangida “Arsenal”ni toʻxtatish yana Husanovga topshiriladi
Angliya Premer-ligasining 32-turida “Arsenal” “Bournemouth”ga 1:2 hisobida magʻlub boʻlib, “Manchester City”ga chempionlik poygasida yetarlicha imkoniyat tugʻildi.

Angliya Premer-ligasining 32-turida “Arsenal” “Bournemouth”ga 1:2 hisobida magʻlub boʻlib, “Manchester City”ga chempionlik poygasida yetarlicha imkoniyat tugʻildi.
“Kanonirlar”ni ta’qib qilib kelaётgan “Manchester City” Londonda “Chelsea” 3:0 hisobida magʻlub etgani dan keyin Xosep Gvardiola shogirdlarida “Arsenal” bilan tenglaшиб olish imkoniyati paydo boʻldi.
Buning uchun “shaharlarliklar” 19-aprel kuni “Arsenal”ni oʻzaro toʻqnashuvda yengishi va 31-turining qoldirilgan oʻyinida “Crystal Palace”dan ham uch ochko olib, jami olti ballik tafovutni yoʻqqa chiqarishi kerak.
Chempionatning muhim pallasiga kelib, “Arsenal” bir oz toliqib qolganini koʻzga tashlanadi. “Manchester City” esa, aksincha, oʻyinini ancha tartibga solib oldi.
Angliya futbolining muhim oʻyiniga kelib, “Manchester City” va “Arsenal” oʻrtasidagi mavsumning hal qiluvchi uchraшuvi oldidan jamoalar imkoniyatlarini tahlil qilmoqda.
“Manchester City” faoliyatini yoʻritib kelaётgan cityxtra.co.uk sayti ekspertlari Xosep Gvardiola bўлажak toʻqnashuvda boshlanʻich tarkibda qaysi futbolchilari xizmatidan foydalanishi lozimligi haqida ma’lumot chiqardi.
Shulardan biri sifatida “Arsenal” himoyasini yorib oʻtishda muhim rol oʻynashi kerak boʻlgan futbolchilardan biri – oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov hisoblanadi.
Abduqodir Husanov har bir oʻyinda oʻsishni namoyish etib, muxlislar mehr bilan birga hatto eng ashaddiy tanqidchilari ishonchini ham qozonmoqda.

Shuningdek, “Manchester City” himoyachisi sifatida faoliyat yuritayotgan Mark Gexi ham oʻz oʻyinini ancha yaxshilagan.

Uning oʻtgan yakshanba kuni “Chelsea”ga urgan goli va navbatdagi “quruq” oʻyini “City” bu himoyachisini nega qoʻlga kiritish uchun shunchalik kuchli harakat qilganini yaqqol koʻrsatdi.

Tasodif emas ki, aynan shu futbolchi bilan shartnoma imzo langandan keyin “City” himoyasi yangilangan koʻrinish oldi va oʻta ishonchli Husanov – Gexi tandemini paydo boʻldi.

“Arsenal” bilan boʻladigan oʻyinda oʻtgan yakshanba kuni jarohat olgan Niko OʻReyli oʻrniga Rayan Ayt-Nuri asosiy tarkibda maydonga tushishi ehtimoli yuqori.

Ayt-Nuri ushbu mavsumda kam vaqt berilayotganiga qaramay, ajoyib oʻyin namoyish etdi va “Chelsea”ga qarshi bahsda zahiradan tushib, yuqori texnik mahoratini yana bir bor tasdiqladi.

Albatta, agar OʻReyli “Arsenal”ga qarshi oʻyinga tayyor boʻlmasa, uning yoʻqligi katta yoʻqotish boʻladi, ammo zahira varianti sifatida Ayt-Nuridan yaxshiroq tanlov yoʻq.

Rodri “Chelsea”ga qarshi oʻyinda ba’zi paytlarda formasidan tashqari koʻrinsa-da, ispaniyalik yarim himoyachi deyarli barcha hujumlarni osonlik bilan toʻxtatdi.

Albatta, Niko Gonsales koʻproq oʻyin vaqti ga loyiqdek koʻrinadi, ammo bunday darajadagi oʻyin vaziya ni oʻzgartirishi ehtimoli kam.

“Arsenal”ga qarshi bahs “Oltin top” sohibi uchun oʻz imkoniyatlarini namoyish qilish uchun ideal imkoniyatdir.
Fransiyalik pleymeyker alohida taniштиришga muhtojmас, uning soʻnggi oʻyinlarini ta’riflash uchun soʻzlar etarli emas.
Asosiy tarkib: Donnarumma; Nunez, Husanov, Gexi, Ayt-Nuri; Rodri, Bernardu, Sherki; Semenyo, Holand, Doku
Zaxira: Trafford, Ake, Niko, Kovachich, OʻReyli, Reynders, Foden, Savinio, Marmush.