FutboldeSport Tahririyati 95
Chempionlar Ligasi: Parij Sen-Jermen uy uchrashuvida Liverpulni mag'lub etdi
Parij Sen-Jermen Chempionlar Ligasi chorak finalining birinchi o'yinida Liverpulni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Dastlabki golni Dezire Dye 11-daqiqada kiritdi, keyin Xvicha Kvaratsxeliya 65-daqiqada hisobni 2:0 ga yetkazdi.

Chempionlar Ligasining chorak final bosqichidagi dastlabki o'yinlar bo'lib o'tdi. Jumladan, Parij Sen-Jermen uy uchrashuvida Liverpulni qabul qildi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Dastlab, 11-daqiqada Dezire Dye hisobni ochdi. 65-daqiqada esa Xvicha Kvaratsxeliya farqni ikkitaga oshirdi. Bahsning qolgan daqiqalarida gol kiritilmadi.
Ma'lumot uchun, javob uchrashuvi 15-aprel kuni bo'lib o'tadi.


Chempionlar Ligasi chorak finali natijalari:
Parij Sen-Jermen - Liverpul 2:0
Manba:Sports.uz