„Chelsi“ fanatlari Husanovni kechira olmayapti!
„Manchester Siti“ Angliya kubogi finalida „Chelsi“ni 1:0 hisobida magʻlub etib, mavsumdagi ikkinchi sovrinini qoʻlga kiritdi. O'zbekistonlik himoyachi Abdug'ani Husanov o'yinda ajoyib o'ynadi, ammo „Chelsi“ fanatlariga xuddi shu o'yni sabab qilib, ular Husanovga qarshi norozilik bildirishmoqda.

„Manchester Siti“ Angliya kubogi finalida „Chelsi“ni 1:0 hisobida magʻlub etib, mavsumdagi ikkinchi sovrinini qoʻlga kiritdi. Mart oyida Pep Gvardiola jamoasi Angliya ligasi kubogida ham g'olib bo'lgan edi.
Angliya kubogi finalida „Manchester Siti“ uchrashuvning katta qismida yaxshiroq o'ynadi va tarkibdagi eng ko'zga ko'rinadigan futbolchilardan biri o'zbekistonlik markaziy himoyachi Abdug'ani Husanov bo'ldi.

Biroq ayrim futbol ekspertlari va ayniqsa, „Chelsi“ muxlislarida 22 yoshli futbolchiga nisbatan ko'plob e'tirozlar avjiga chiqmoqda. Chunki Husanov bir necha bor jarima maydonida qoidabuzarlik chegarasida o'ynadi.
„Manchester Siti“ ko'p jihatdan Mark Gexi va Abdug'ani Husanovdan iborat markaziy himoya tandemining ajoyib o'yini tufayli gol o'tkazmadi.
O'zbekistonlik futbolchi bahsni bita to'p olib qo'yish (100 foiz muvaffaqiyat), bita to'pni egalab olish va yetti marta to'pni uzoqdashtrish kabi statistik natijalar bilan yakunladi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u Gexi bilan birga o'yindagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
Husanov ishtirok etgan ayrim epizodlar esa „Manchester Siti“ muxlislarini hayratga solgan bo'lsa, „Chelsi“ fanatlarini jumbushga keltirdi.
Masalan, birinchi bo'lim o'rtalarida Husanov jarima maydoniga yorib kirayotgan Joao Pedroga qarshi tanasining yelka qismi bilan juda kuchli zarba berdi. „Chelsi“ hujumchisi o'ta xavfli pozitsiyaga chiqib borayotgandi, ammo zarba berish oldidan so'nggi to'siqdan o'ta olmadi.
„Chelsi“ futbolchilari Abdug'ani qattiq harakatidan norozi bo'lib, penalti talab qilishdi, ammo bosh hakam Darren Ingland bu holatda qoidabuzarlik ko'rmadi.
Bu vaziyat bo'yicha muxlislar fikri ikkiga bo'linadi.
Kimdir bu to'qnashuvni „Siti“ himoyachisining ideal harakati, deb baholadi. Boshqalari esa hakam aniq qoidabuzarlikni o'tkazib yuborgan, deb hisoblaydi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim izohlarda fanatlar quyidagicha fikr-mulohaza bildirdi.
@AFCYop_: „Husanovning eng yaxshi usuli – aniq golli vaziyatni qoidabuzarlik yoki kartochkasiz yoʻqqa chiqarishdan iborat“.
@_Afcbanks: „Husanovni shunday harakatlari uchun diskvalifikatsiya qilish kerak. U doim shunday qoidabuzarliklardan jazosiz qutilib ketadi“.
@George_Zur1: „Husanov hatto toʻpga ham qaramadi, toʻgʻridan-toʻgʻri Joao Pedroga borib urildi. Menimcha, bu toza penalti“.
@MagpieMediaX: „Husanov tanasi bilan kurashish sanʼatining haqiqiy ustasi. Ajoyib“.
Tanaffus paytida bahsli vaziyat haqida Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Gari Neville ham fikr bildirdi, biroq u ham aniq xulosa qila olmadi.
- Menimcha, bu futbol juda subʼektiv boʻladigan vaziyatlardan biri. Eʼtibor bilan qarasangiz, Husanov Joao Pedroga aniq borib urilganini koʻrasiz. Bu erda toʻpni halol tortib olishga haqiqiy urinish yoʻq.
Shunga o'xshash holatlar jarima maydoni ichida bo'lganda hakamlar ikkilanib qoladi, chunki bunday qarorning oqibatlarini jiddiy bo'lishini bilishadi. Shuning uchun bu „50 ga 50“ vaziyatga aylanadi.
„Chelsi“ni talashdimi? Rostini aytasam, bunday demayman. Shunchaki ularga omad kelmadi, desam to'g'ri bo'ladi. Chunki boshqa o'yinda va boshqa hakam bilan vaziyat boshqacha bo'lishi mumkin edi, - dedi Gari Neville.
Ikkinchi bo'limda Husanov yana ikki epizodda bosh qahramonga aylandi, o'zbek himoyachisiga duch kelgan „Chelsi“ futbolchilari yana „Siti“ jarima maydonida yiqildi.
66-daqiqada u yana o'sha Joao Pedroni ehtiyotkorona turib yubordi. Braziliyalik futbolchi qanotdan uzatilgan to'pdan keyin zebra beraish pozitsiyasiga chiqib borayotgandi.
Ammo bu yerda kurash o'zaro bo'ldi, Pedroning o'zi birinchi bo'lib qo'lini ishlatdi. Shuning uchun uning yiqilishi katta bahslarga sabab bo'lmadi.
77-daqiqada esa Husanov yana penaltiga sabbabchi bo'lishga yaqin keldi. Jarima maydonida u Yorrel Hatoga borib urdi. Niderlandiyalik futbolchi yiqildi, Abdug'ani esa uning ortida turgan va to'pni nazorat qilmayotgandi, shu sababli bu uni orqadan turib urish sifatida baholash mumkin edi.
Hakam bu vaziyatni ham e'tiborsiz qoldirdi va ijtimoiy tarmoqlarda yana bahslar avj oldi.
@JacentaArs: „Husanov qandaydir tarzda navbatdagi sariq kartochkadan ham qutilib qoldi. Qanday qilib, bu „Chelsi“ foydasiga penalti boʻlmaydi? Bu qarorlarni tushunish qiyin boʻlib qolmoqda“.
@tier_1st: „Chelsi“ muxlisi ekaniңizni unutinging. Bu penalti emasmi? Husanov to'pni yo'qotdi, Hato unga otib ketdi va to'pni egalab bo'lganidan keyin orqadan zarba qabul qildi.
@Nino12x: „Men takrorlayotgandekman, lekin bu qanday qilib penalti emas?“
@zek4e: „Xato bilan boʻlgan epizodga kelsak, faqat kulish mumkin. Menimcha, bu Joao Pedro vaziyatidan ham yomonroq simulyatsiya edi“.
@Linfield18862: „Pedro bilan boʻlgan vaziyatda qaror nega bahsli boʻlishini tushunaman, ammo Xato bilan epizodda hech narsani tushunmayapman, Husanov aniq uning orqasiga borib urildi“.
@shxnsei: „Xato bilan epizodda Husanov aniq penalti qildi va ikkinchi sariq kartochka olishi kerak edi. Bu boʻlmaganiga hayronman“.
O'yindan keyin „Chelsi“ murabbiyi Kalum Makfarleyn ham ushbu epizod haqida fikr bildirdi.
- Menimcha, bu juda qiyin qarorlar. Xato va Husanov oʻrtasidagi toʻqnashuv penaltiga loyiq edi. Yorrel oldinda edi. Agar shunday kontakt maydonning boshqa joyida boʻlganida, fol berilardi, baʼzan bunday vaziyatlar qayd etiladi, baʼzan esa yoʻq, - dedi „Chelsi“ murabbiyi.
Husanov allaqachon qattiq va shiddatli, ba'zanda agressiv o'ynaydigani ma'lum. Shunga qaramasdan, o'zbekistonlik himoyachi hozircha jamoasini qiyin ahvolda qoldirmagani yo'q va doimo ochiq qoidabuzarlik chegarasini his qilib o'ynamoqda.