O'zbekiston sportideSport Tahririyati 1

Bokschi qizlarimiz Osiyoni "titratdi"

O'zbekiston ayollar terma jamoasi 19 va 23 yoshgacha bo'lgan bokschilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida mutlaq etakchilik qildi.

Bokschi qizlarimiz Osiyoni "titratdi"

Jakartada (Indoneziya) ayollar o'rtasida 19 va 23 yoshgacha bo'lgan bokschilar ishtirokidagi 2026 yilgi Osiyo chempionati yakunlandi.

23 yoshgacha bo'lgan sportchilar (U-23) o'rtasidagi musobaqada umumjamoaviy hisobda O'zbekiston terma jamoasi mutlaq etakchi bo'ldi. Qo'shni Qozog'iston ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, uchinchi pog'onaga Hindiston jamoasi ko'tarildi. Medallar taqsimoti quyidagicha shakllandi:

1. O'zbekiston — 6-1-2 (jami 9 medal); 2. Qozog'iston — 3-3-2 (8); 3. Hindiston — 1-4-4 (9); 4. Yaponiya — 0-1-2 (3); 5. Mo'g'uliston — 0-1-0 (1); 6. Janubiy Koreya — 0-0-3 (3); 7. Indoneziya — 0-0-2 (2); 8. Qirg'iziston — 0-0-1 (1); 8. Vetnam — 0-0-1 (1).

O'zbekiston terma jamoasi

19 yoshgacha bo'lganlar (U-19) o'rtasida ham etakchilar uchligi o'zgarmadi: birinchi o'rinni yana O'zbekiston, ikkinchini Qozog'iston, uchinchi o'rinni esa Hindiston egalladi. Ushbu yosh toifasidagi medallar taqsimoti quyidagicha:

1. O'zbekiston — 4-2-0 (6); 2. Qozog'iston — 3-0-3 (6); 3. Hindiston — 2-6-0 (8); 4. Indoneziya — 1-1-0 (2); 5. Tayvan — 0-1-3 (4); 6. Yaponiya — 0-0-4 (4); 6. Vetnam — 0-0-4 (4); 8. Qirg'iziston — 0-0-2 (2); 9. Tailand — 0-0-1 (1); 9. Tojikiston — 0-0-1 (1); 9. Janubiy Koreya — 0-0-1 (1); 9. Mo'g'uliston — 0-0-1 (1).

Ma'lumot uchun, Jakartada shu bilan birga erkaklar o'rtasida 19 va 23 yoshgacha bo'lgan bokschilar ishtirokidagi Osiyo chempionati ham o'tkazilmoqda. Ushbu musobaqada final janglari payshanba, 16 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: