FutboldeSport Tahririyati 3

Barcelona yangi transferni e'lon qildi

Barcelona klubining yangi transferi - 18 yoshli misrlik hujumchi Hamza AbdulKarim

Barcelona yangi transferni e'lon qildi

Barcelona klubining yangi transferi - 18 yoshli misrlik hujumchi Hamza AbdulKarim. U Al-Ahli klubidan Barcelona tarkibiga to'liq shartnoma asosida o'tdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Barcelona Al-Ahli jamoasi bilan tuzilgan shartnomadagi belgilangan to'lov miqdorini to'liq qoplab, futbolchini rasman sotib oldi. Misr terma jamoasi a'zosi Barcelona bilan 2029-yil iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, transfer qiymati taxminan 1,5 million yevroni tashkil etgan.

Eslib o'tamiz, Barcelona AbdulKarimni qishki transfer o'yinasi davrida ijaraga asosida o'z safiga qo'shib olgan edi. Fevraldan buyon yosh hujumchi klubning yoshlar jamoasida to'p surmoqda. U chempionat doirasida o'tkazilgan to'qqiz uchrashuvda olti bor raqib darvozasini ishg'ol etdi.

Hamza AbdulKarim
Manba:Sports.uz
Ulashish: