FutboldeSport Tahririyati 38

Barcelona Manchester Cityning markaziy himoyachisini chaqirayapti

Barcelona klubi Manchester Cityning markaziy himoyachisi Nathan Ake uchun da'vogarlar qatorida tilga olinmoqda.

Barcelona Manchester Cityning markaziy himoyachisini chaqirayapti

Barcelona klubi Manchester Cityning markaziy himoyachisi Nathan Ake uchun da'vogarlar qatorida tilga olinmoqda. Jurnalist Gabriel Sans ma'lumotiga ko'ra, kateloniyaliklar 31 yoshli gollandiyalik futbolchiga qiziqishni saqlab qolgan, ammo uni asosiy transfer maqsadlaridan biri, deb hisoblamayapti.

Klub Akeni himoya chizig'ini kuchaytirish uchun nisbatan arzon variant sifatida ko'rmoqda. Barcelona'da ayniqsa futbolchining katta tajribasi yuqori baholanmoqda. Shuningdek, u markaziy himoyadan tashqari chap qanotda ham harakat qila oladi.

Nathan Ake

Transfermarkt portaldida Nathan Akening bozor qiymati 15 million yevro deb baholangan. Uning Manchester City bilan amaldaagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Shu sababli yaqin transfer o'ynasida uni nisbatan pastroq narxda sotib olish imkoniyati mavjud.

Manba:Sports.uz
Ulashish: