FutboldeSport Tahririyati 66

“Barcelona” La Ligadan himoyachi topdi

“Barcelona” sport direktori Decu “Real Sociedad” markaziy himoyachisi Jon Martinning agenti bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Barcelona” La Ligadan himoyachi topdi

“Barcelona” sport direktori Decu “Real Sociedad” markaziy himoyachisi Jon Martinning agenti bilan uchrashuv o‘tkazdi. 20 yoshli futbolchining shartnomasida 50 million yevro tovon puli belgilangan bo‘lib, bu summa “Inter”dan Alessandro Bastonini xarid qilish uchun talab qilingan mablag‘dan kam.

Manbaga ko‘ra, milankiliklar futbolchisi hali ham “Barcelona”ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda va klub Bastoni bo‘yicha muzokaralarda ilgarilagan. Shu bilan birga, kataloniyaliklar muqobil variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda, Martin shulardan biri hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, Decu va agent o‘rtasidagi muzokaralar norasmiy xarakterga ega bo‘lib, bu “Barcelona” tez orada rasmiy taklif qiladi, degani emas.

Jon Martin

Jon Martin

Jo‘riy mavsumda Martin barcha musobaqalarda 29 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan. Unining klub bilan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroga teng.

Team
Team
Team
Team
Team
Team
Team
Team
Team
Manba:Sports.uz
Ulashish: