Barcelona "Inter" yetakchisi bilan muzokaralar o'tkazdi
Barcelona "Inter"ning yetakchi futbolchisi Denzel Dumfries bilan muzokaralar o'tkazayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Barcelona himoyachisining o'ng qanotini kuchaytirish ustida ishlayotgani ma'lum bo'ldi. Juel Koundening kelajagi noaniqlikicha qolayotgani sababli, Denzel Dumfries yana Katoloniya klubining transfer maqsadlari ro'yxatida paydo bo'ldi, deb xabar beradi Sport.es.
Kuchli o'ng qanot himoyachisi yaqin yozda "Inter"ni tark etishi mumkin, uning vakillari allaqachon "Liverpool" va "Barcelona" bilan uchrashuvlar o'tkazib, Yevropaning yuqori darajadagi klubini izlash ustida ishlayotgani haqida xabarlar bor.
Shuni ta'kidlash joizki, shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladigan niderlandiyalik futbolchini 25 million evrga sotib olish mumkin, biroq bu imkoniyat atigi 1 oy davomida amal qiladi.
O'tgan yozda Jorje Mendes (usha paytdagi futbolchining agenti) himoyachining "Barcelona"ga o'tishini faol targ'ib qilgan edi, biroq katoloniya klubining moliyaviy cheklovlar tufayli kelishuvni rasmiylashtira olmadilar.
Bu safar futbolchini o'z safiga qo'shib olish mumkinmi-yuqmi, boshqa transferlar yakunlangach ma'lum bo'ladi.
