FutboldeSport Tahririyati 34
Barcelona Angliya terma jamoasi yulduzi bilan kelishuvga erishdi
Barcelona klubi Newcastle qanot hujumchisi Anthony Gordon bilan shartnoma imzoladi. Ingliz futbolchi bilan shaxsiy kelishuv shartlari to'liq kelishilgan.

Barcelona klubi Newcastle qanot hujumchisi Anthony Gordon bilan shartnoma imzoladi. Insayder Fabrizio Romano ning aytishicha, 25 yoshli ingliz bilan shaxsiy kelishuv shartlari to'liq kelishilgan. Barcelona allaqachon Newcastle bilan shartnoma tuzish bo'yicha rasmiy muzokaralar olib bormoqda.
Qayd etilishicha, Kataloniya klubi 'Bavariya' va hali ham Gordonni qo'lga kiritishga urinayotgan bir qator APL klublarini ortda qoldirish uchun transferni imkon qadar tezroq yakunlamoqchi.
Ma'lumot o'rnida, 2025/2026 yilgi mavsumda Gordon jami 46 ta uchrashuvda 17 ta gol va 5 ta assist qayd etdi.

Manba:Sports.uz