FutboldeSport Tahririyati 72

Avstriyalik darvozabon Aleksander Mannerinq fojiali tarzda halok bo'ldi

Avstriyalik darvozabon Aleksander Mannerinq 48 yoshida avtomobil halokati oqibatida vafot etdi. U Angliya va Italiya chempionatlarida g'olib chiqqan.

Avstriyalik darvozabon Aleksander Mannerinq fojiali tarzda halok bo'ldi

Avstriyalik darvozabon Aleksander Mannerinq 48 yoshida avtomobil halokati oqibatida vafot etdi. Bu haqda Avstriyaning “Red Bull Zalsburg” klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Aleksander Mannerinq

Ma’lum bo’yicha, Mannerinq avtomobilda temir yo’l kesishmasining nazoratsiz qismidan o’tayotganda uning mashinasi poezd urib ketgan.

– Biz sobiq darvozabonimiz Aleksander Mannerinqning vafoti munosabati bilan chuqur qayg’udamiz. U yo’l-tranzit hodisasida fojiali tarzda halok bo’ldi. Bizning o’y-xayollarmiz ayni paytda uning oilasi va do’stlari bilan. Alvido, Aleksander, - deyiladi xabarida.

Aleksander Mannerinq

48 yoshli Aleksander Mannerinq “Red Bull Zalsburg”dan tashqari Angliyaning “Arsenal”, Italiyaning “Fiorentina”, “Bologna”, “Siena”, “Yuventus”, “Udinese”, Germaniyaning “Augsburg”, Ispaniyaning “Espanyol” kabi klublarida to’p surgan. “Arsenal” tarkibida u Angliya chempioni (1997-1998 yilgi mavsum), “Yuventus” safida esa Italiya chempioni (2011-2012 yilgi mavsum) bo’lgan.

Arsenal
Yuventus

Shuningdek, Avstriya milliy terma jamoasi safida 33 ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Avstriya
Fiorentina
Bologna
Siena
Udinese
Augsburg
Manba:Sports.uz
Ulashish: