AQShning mashhur klubi O'zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi!
O'zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko'rayapti. Terma jamoa AQShda tayyorgarlik ko'radi, Atlanta Yunayted klubi ularni o'z bazasiga taklif qilgan.

O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z tarixida ilk marotaba jahon chempionatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko'rayapti. Ayni paytda Fabio Cannavaro qo'l ostida bo'layotgan musobaqaga tayyorgarlik ko'rayotgan bosh jamoamiz mundialdagi ishtirokini Meksikada boshlasa-da, uchrashuvlarga AQShda hazirlik ko'radi.
Milliy terma jamoamiz futbolchilari AQSh maydonlarida bo'lib o'tadigan uchrashuvlarga Atlanta shahrida tayyorgarlik ko'radi. Ushbu shahar sharafini himoya qiluvchi “Atlanta Yunayted” klubi o'z bazasini o'zbek futbolchilariga 10 iyundan boshlab takdim qiladi.
Ana shu munosabat bilan AQShning mashhur klubi ijtimoiy tarmoq orqali O'zbekiston milliy terma jamoasiga murojaat qildi.
“Xush kelibsiz, O'zbekiston” “Atlanta Yunayted” mashg'ulot markazi chorshanba, 10 iyundan boshlab, butun turnir davomida milliy terma jamoaning rasmiy bazasiga aylanadi, - deyiladi Amerika klubi bayonotida.
2026-yilgi Jahon chempionatida O'zbekiston milliy terma jamoasi “K” guruhida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi futbolchilari bilan birga kurash olib boradi.
O'zbekiston jamoasi o'zining ilk o'yinini 18 iyunda Meksikodagi jahonga mashhur “Asteka” stadonida Kolumbiya futbolchilariga qarshi o'tkazadi. 23 iyunda futbolchilari Hyustonda Portugaliya bilan o'ynaydi. Aynan mana shu to'qnashuv ko'plab muxlis va mutaxassislarni qiziqtirib turibdi.
Guruhdagi oxirgi o'yin 27 iyunda Atlanta shahridagi arenada Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasiga qarshi o'tkaziladi.

Ma'lumot o'rnida aytish lozimki, “Atlanta Yunayted” 2024-yilning yozida O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo'r to'purari Eldor Shomurodovni o'z tarkibiga taklif qilgan edi.
Ushanda Eldor Shomurodov “Kalyari” ijaraasidan “Roma”ga qaytgan edi. Transfer amalga oshishiga hujjatlar ni rasmiylashtirish jarayoni kechikkaniga to'sqinlik qilgan.