O'zbekiston sportideSport Tahririyati 55

Anvar G'ofurov: "Balki ayrim xatolarga yo'l qo'yganman"

Superligada "So'g'diyona" va "Surxon" o'ynadi, mehmonlar bosh murabbiyi Anvar G'ofurov o'z fikrlarini bildirdi.

Anvar G'ofurov: "Balki ayrim xatolarga yo'l qo'yganman"

Superliganing 10-turidagi "So'g'diyona" - "Surxon" o'yini gollar bilan boy utdi va unda mezbonlar 5:2 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Anvar G'ofurov matbuot anjumani o'tkazdi.

"Avvalo, "So'g'diyona" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'z o'yinimizga to'xtaladigan bo'lsam, ayrim futbolchilar bahsga 100% tayyor emasdek tuyuldi va bu o'yinda ham yaqqol sezildi. Shunga qaramay, mukammal darajaga chiqish uchun jamoa sifatida hali ko'p ishlashimiz kerak.

Hoziroq vaqt bir oz tiqiz, taqvim zich. Biroq bu ham ijobiy jihatga ega - o'yinlar ko'pligi sabab rotatsiya bo'layapti va deyarli barcha futbolchilarga imkoniyat berilmoqda. Ammo bu imkoniyatdan kim qanday foydalanayotgani - bu alohida masala.

Bugun aniq aytish mumkin ki, futbolchilar o'yiniga to'liq kirishib keta olmadilar. Lekin bu futbol - har doim ham bir xil natija bo'lavermaydi, har doim ham g'alaba qozonib bo'lmaydi. Qaysi jamoa bo'lishidan qat'iy nazar, bu tabiiy holat, ba'zida yuksalish bo'ladi, ba'zida pasayish. G'alaba va mag'lubiyat doimo yonma-yon yuradi.

Shaxsan o'zim ham mas'uliyatni his qilaman - balki ayrim xatolarga yo'l qo'yganman. Eng muhim, biz bir jamoa bo'lib ishlashda davom etishimiz kerak. Isyonaman ki, vaqt o'tishi bilan jamoamiz yanada yaxshilanadi va ijobiy o'zgarishlar bo'ladi.

So'g'diyona
Surxon
O'zbekiston Superligasi
Futbol
O'zbekiston
Futbolchi
Stadion
Futbol musobaqasi
O'zbekiston terma jamoasi
Anvar G'ofurov
Manba:Sports.uz
Ulashish: