Angliya kubogi mavsumning ramziy jamoasiga Abdulqodir Husanov kiritildi
Sofascore platformasi Angliya kubog'i 2025/26 mavsumi yakunlari bo'yicha ramziy jamoani e'lon qildi. O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abdulqodir Husanov ham ushbu ramziy tarkibga kiritildi.

Angliya kubogi 2025/26 mavsumi yakunlari bo'yicha ramziy jamoa e'lon qilindi. Sofascore platformasining e'lon qilgan ramziy tarkibga O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abdulqodir Husanov ham kiritildi. Futbolchimiz mavsum davomida barqaror o'yin ko'rsatib, o'rtacha 7.3 ball baholangan.
Bundan tashqari, "Manchester Siti" tarkibidan Mark Gexi, Niko Gonsales, Doku, Semenyo va Xoland ham kiritildi.
Esbatib o'tamiz, "shaharliklar" Angliya kubogi final bosqichida "Chelsi"ni minimal 1:0 hisobi bilan mag'lubiyatga uchratdi, hamyurtimiz esa jamoasi tarkibidagi ikkinchi sovrinni qo'lga kiritdi.

Ramziy jamoa bilan tanishing: