Angliya klubi bir kunda yangi murabbiy topdi
Angliya Premer-ligasida „Borntmut“ jamoasini uch mavsum davomida barqaror boshqarib kelgan Andoni Iraola bosh murabbiylik lavozimini tark etishga qaror qilgani va buni mavsum oxirida, uning shartnomasi tugaydiganda amalga oshirishini eʼlon qilgan edi.

Oradan bir kun oʻtib, klub rahbariyati jamoa bosh murabbiyligiga Marco Rozeni olib kelmoqchi ekanligi haqida maʼlumotlar tarqatildi.

Maʼlum boʻlishicha, Iraola ketish haqidagi qarorini „Borntmut“ rahbariyatiga mart oyidagi xalqaro tanaffus paytidaётq bilar ekan, shuning uchun klubda unga oʻrinbosar topish uchun maʼlum vaqt boʻlgan.

The Telegraph nashri maʼlumotiga koʻra, „Borntmut“ bosh murabbiylikka asosiy nomzod sifatida koʻrilayotgan 49 yoshli nemis mutaxassis bilan muzokaralarda katta ilgarilashga erishgan hamda tayinlovni iloji boricha tezroq amalga oshirishmoqchi.

Rozen 2025-yil mart oyida „RB Leypsig“dan boʻshatilganidan beri ishsiz yuribdi. Ilgari Marko Dortmunnning „Borussiya“ jamoasini ham boshqargan va bu jamoa bilan Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etgan.