Andres Iniestaning murabbiylik faoliyatidagi ilk klubi nomi ma'lum bo'ldi
Andres Iniesta "Barcelona" va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi BAA "Gulf United" klubi bosh murabbiyiga aylanadi.

Andres Iniestaning murabbiylik faoliyatidagi ilk klubi nomi ma'lum bo'ldi. "Barcelona" klubi va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andres Iniesta BAA "Gulf United" klubi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrizio Romano xijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, tomnolar hamkorlik shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan va yaqin vaqtda bu rasman tasdiqlanadi.

Futbolchilik faoliyati davomida Andres Iniesta "Barcelona" safida to'qqiz marta Ispaniya chempioni bo'lgan, shuningdek olti marta mamlakat kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan.
Xalqaro maydonda u katoloniya klublari bilan to'rt marta Chempionlar ligasi, ikki marta UEFA Superkubogi va uch marta klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqqan.
Shuningdek, yarim himoyachi "Vissel Kobe" va "Emireyts" klublarida ham to'p surgan.
Iniesta Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempionati va ikki marta Yevropa chempionatida g'olib bo'lgan.
"Gulf United" hozirgi vaqtda BAA chempionatining ikkinchi divizionida ishtirok etmoqda va jamoa ayni paytda turnir jadvalida 10-o'rnini egallab turibdi.