Andijon - OKMK: Superliga 7-tur oldidan tahlil
Andijon va OKMK jamoalari Superliga 7-tur doirasida o'zaro bahs olib borishadi. O'zaro statistika shuni ko'rsatadiki, jamoalar milliy chempionatimiz tarixida 28 marta kuch sinashgan.

Andijon va OKMK jamoalari Superliga 7-tur doirasida o'zaro bahs olib borishadi. O'zaro statistika shuni ko'rsatadiki, jamoalar milliy chempionatimiz tarixida 28 marta kuch sinashgan. Andijonning hisobida 5, OKMKda esa 18 g'alaba bor. Yana 5 ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbati 34:55 OKMK foydasiga.
O'tgan yili birinchi davrada Olmaliqda o'tkazilgan uchrashuvda OKMK 4:3 hisobi bilan g'alaba qozongan. Ikkinchi davradagi bahsda esa Andijon o'z maydonida 1:0 hisobi bilan ustun keldi.


Eslatib o'tamiz, Andijon - OKMK bellashuvi 12-aprel kuni soat 18:15 da boshlanadi.






