FutboldeSport Tahririyati 64

Alvaro Arbeloa: "Barcelona"ga qarshi mag'lubiyat sababi

Alvaro Arbeloa "Barcelona"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat sababini tushuntirdi.

Alvaro Arbeloa: "Barcelona"ga qarshi mag'lubiyat sababi

Alvaro Arbeloa "Barcelona"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat sababini tushuntirdi.

"O'yin biz uchun juda og'ir scenariy bo'yicha boshlandi. Bizning oldimizda hisobda oldinga chiqqan holda, to'pni yaxshi nazorat qiladigan va pozitsion o'yinni yuqori darajada tashkil etadigan kuchli raqib bor edi. Afsuski, bizda bo'lgan imkoniyatlarimizdan hech birini golga aylantira olmadik. Men futbolchilardan oxirigacha kurashishni so'radim va jamoa shuni qilishga harakat qildi", - dedi Arbeloa.

Arbeloa

Eric Garciyaning Bellingemga nisbatan ishlatgan harakati haqida gapirar ekansh, Arbeloa bu epizodda VAR aralashishi kerak bo'lganini ta'kidladi.

"Mening fikrimcha, u yerda aniq tirsak bilan zarba bor edi. Nega VAR aralashmagani tushunish qiyin. Ammo shunga qaramay, "Barcelonani" chempionlik bilan tabriklayman. O'yin ular uchun ilk daqiqalardanoq yaxshi kechdi".

Barcelona

Murabbiy muxlislargagina murojaat qildi:

"Hozir so'z topish qiyin. Biz muxlislar xafaligi, noroziligi va g'azabini yaxshi tushunamiz. Qila oladigan yagona ishimiz - ishlashda davom etish va bu mavsumdagi xatolardan xulosa chiqarish. "Real" har doim qayta olgan. Biz ko'p marta yiqilganmiz va yana o'rnimizdan turganmiz. Lekin vaziyatni o'zgartirish kerakligini yaxshi tushunib turibmiz".

Real Madrid

Mavsumning qolgan qismi haqida:

"Endi zimmmamizda yanada katta mas'uliyat bor. Mavsum amalda yakunlangan bo'lsa ham, biz bo'shashishga haqqimiz yo'q. Biz maydonga har doim g'alaba uchun chiqishimiz kerak, chunki biz "Real" emblemisini himoya qilamiz. Oldinda uchta muhim o'yin bor va ular g'alaba qozonishimiz shart".

La Liga
Spanish Football
Team
Football Team
Football
Soccer
Sport
Manba:Sports.uz
Ulashish: