Aleksandr Xomyakov: "Pro liga jamoasiga o'xshab qoldik"
O'zbekiston kubogi doirasidagi "BuxDU" va "Buxoro" o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumani o'tkazdi.

O'zbekiston kubogi doirasidagi "BuxDU" va "Buxoro" (1:2) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumani o'tkazdi.
Uchrashuv haqida fikriniz?
Uchrashuv qanday kechishini bilgan edim. Juda asabiy bahs bo'ldi. To'g'ri, saviyalar turlicha, lekin biz bugun Pro liga jamoasiga o'xshab qoldik. Raqib qanday harakat qilgan bo'lsa, biz ham shunday o'ynadik. Raqib yaxshi o'yin ko'rsatdi, tarkibdagi mahalliy buxorolik futbolchilar o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishdi. O'yinimz sifati haqida gapiradigan bo'lsam, umuman ko'rinmadi. Faqat natijadan qoniqdin, o'yindan emas. Muammolarimiz bor va shularni hal etish ustida ishlashimiz kerak. Hayot to'xtab qolmaydi, biz ham ishlashda davom etamiz. O'z o'yinimzni qidirishda davom etamiz, balki futbolchilarni ham akhtaramiz.

Bor, albatta. Lekin xo'ish bilan imkoniyat orasida farq bo'ladi. O'z imkoniyatimz qaysi bosqichgacha ekanini bilmayman, futbol shunisi bilan qiziq. Klassik filmida aytadiku, "Xo'ish bor, lekin imkon yo'q". Albatta, kubok finalida o'ynash jamoamiz uchun yuqori daraja bo'lar edi. Kubok orqali Osiyo maydonlarida ishtirok etish mumkin, buni hamma jamoalar tushunib qoldi va kubok uchun kurash zur kechadi, deb o'ylayman. Men ham finalga borishni istayman, faqat buning uchun oldin guruhdan chiqishimiz kerak.