Abduqodir Husanov "Manchester City" safida yana bir sovrin yutishi mumkin
Abduqodir Husanov "Manchester City" safida yana bir sovrin yutishi mumkin. "Manchester City" Angliya kubogi finalida "Chelsea"ga qarshi o'ynaydi.

Abduqodir Husanov "Manchester City" safida yana bir sovrin yutishi mumkin. Habarningiz bor, bugun Angliya kubog'ining final bahsi bo'lib o'tadi. Bosh sovrin uchun hamyurtimiz to'p tepayotgan "Manchester City" "Chelsea"ga qarshi bahs olib boradi.
Husanov joriy mavsum "shaharlarliklar"ning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi va klub g'alabalariqa munosib hissa qo'shib kelmoqda. Himoyachi jamoaga kelib qo'shilganidan buyon faqat bir marta sovrin yutgan. "Siti" Angliya Liga kubogida "Arsenal"ni mag'lub etib, chempion bo'lgan edi.
Agar Gvardiola shogirdlari finalda "Chelsea" ustidan g'alaba qozonsa, Husanov uchun bu ikkinchi sovrin bo'ladi.
Ma'lumot uchun, bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.
