FutboldeSport Tahririyati 93

Abduqodir Husanov Liverpulda o'ynaydi!

Abduqodir Husanov va Mark Gexi "Everton" bilan bo'ladigan o'yinga tayyorlanayotgan "Manchester City" tarkibiga kiritilgan.

Abduqodir Husanov Liverpulda o'ynaydi!

Abduqodir Husanov Liverpulda o'ynaydi!

Angliya kubogida ketma-ket to'rtinchi marotaba finalga chiqib, rekord o'rnatgan Pep Gvardiola jamoasi endi yana Premyer-liga chempionligi uchun kurashga e'tibor qaratadi. Navbata ularni 4-may kuni safarda o'tkaziladigan "Everton"ga qarshi og'ir sinov kutmoqda.

Abduqodir Husanov

"Manchester City" o'tgan hafta Chempionship vakili "Sautgempton"ni dramatik tarzda 2:1 hisobi ma'ghlub etib, Angliya kubogi finaliga yo'l oldi. Ta'kidlash joizki, bu bahsda murabbiylar shtabi tarkibda jiddiy o'zgarishlar qilib, zahirada qolib ketayotgan o'yinchilarga imkon berdi.

Manchester City

Shunga qaramay, "shaharlar" qiyinchilik bilan bo'lsa-da, raqib ustidan zafar quchdi. Bu Gvardiolaning mazkur musobaqadagi 51 o'yindagi 43-g'alabasi bo'ldi.

Endi "Manchester City" Premyer-liga chempionligi uchun kurashga qaytishi kerak. Ular "Everton"ga qarshi bahs uchun Liverpul shahridagi "Hill Dikinson" stadioniga safar qiladi.

Everton

Ayni paytda «Everton» 11-o'rinda bormoqda va kelasi mavsum Yevropa musobaqalariga chiqish zonasidan atigi ikki ochko ortda qolmoqda. Jamoa oxirgi uch o'yinda g'alaba qozona olmadilar. Shu bois dushanba kungi to'qnashuvda uch ochko ular uchun juda muhim ahamiyatga ega.

Manchester City

"Manchester City" esa Mersisaydga barcha musobaqalardagi oxirgi olti o'yindagi g'alabalar seriyasi bilan etib kelmoqda. Ular Premyer-ligada peshqadam "Arsenal"dan uch ochko ortda qolmoqda. Biroq manchesteliklar "kanonirlar"dan bir o'yin kam o'tkazgan.

"Manchester City" faoliyatini yo'ritib kelayotgan nufuzli manba – cityxtra.co.uk sayti ekspertlari Xosep Gvardiola muhim uchrashuvda yana jangovar tarkibga suyinishini taxmin qilmoqda.

Josep Guardiola

Janluigi Donnarumma darvozaga qaytadi. Ayrim xatolari tanqid qilinsa-da, italiyalik posbon bu mavsum chempionlik kurashida jamoa uchun juda muhim figuraga aylanib ulgirdi.

Donnarumma Premyer-ligada 30 o'yinda 13 ta quruq o'yin o'tkazdi. Bu deyarli har ikki o'yindan birida gol utkazmagani anglatadi va uning ahamiyati ortib bora'yotganini ko'rsatadi.

Janluigi Donnarumma

U "Oltin qo'lqop" poygasida "Arsenal" posboni David Raya'dan faqat uch ochkoga ortda. Yana bir isonchli o'yin uni na faqat shaxsiy sovriniga yaqinlashtiradi, balki "Siti"ning chempionlik yo'lida ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.

Mateush Nunez yaqin dagi matbuot anjumanida Gvardiola Mateush Nunezni "dunyoning eng yaxshi o'ng qanot himoyachilaridan biri" deb atadi va uning hozirgi formasiga qaraganda, bu maqtov to'liq asosli.

Mateush Nunez

Abduqodir Husanov va Mark Gexi mavsumning hal qiluvchi qismida markaziy himoyada juda kuchli juftlikka aylanib ulgirdi. Ular yanvar gacha birga o'ynamagani hisobga olsak, bu yanada ta'sirli ko'rinadi.

Abduqodir Husanov

"Everton" hujumchisi Beto oxirgi uch o'yinda to'rt gol va bir assist qayd etdi, jumladan "Chelsea"ga qarshi dubl ham qildi. Shuning uchun bo'lajak bahsda Abduqodir Husanov va Mark Gexini jiddiy sinov kutayapti.

Niko O'Rayli "Burnli"ga qarshi bahsda yarim himoyada o'ynagandi, ammo "Everton" bilan bo'ladigan uchrashuvda u chap qanot himoyasiga qaytishi ehtimolga yaqin.

Niko O'Rayli

Rayan Ayt-Nuri so'nggi ikki o'yinda qatnashib, hujumni jonlantirdi. Biroq hal qiluvchi vaziyatlar O'Raylining xotirjamligi va isonchliligi Gvardiolaning unga bo'lgan ishonchini oshirgan.

21 yoshli futbolchi 2025 yildagi debyutidan bu yana juda tez o'sdi va hozir hal qiluvchi pallarda ishonish mumkin bo'lgan futbolchiga aylanib ulgirdi. Ko'pchilik uni Angliya terma jamoasining jahon chempionati asosiy tarkibida ko'rishni istamoqda.

Rayan Ayt-Nuri

Niko Gonsales "Oltin top" sohibi Rodri boldir mashaqati jarohatidan tiklanayotgani sababli Niko Gonsales markazda maydonga tushishi mumkin. Axir ayanan uni ajoyib zarbasi "Sautgempton" ustidan g'alabani ta'minlagandi.

Bernardu Silva ehtimol "Manchester City" safidagi so'nggi olti o'yinining barchasida asosiy tarkibda tushadi. 31 yoshli portugaliyalik playmeiker shunday ishtiyoq va energiya namoyish etmoqdayki, bunga kamdan-kam sportchi tenglasha oladi.

Aynan shu sadoqat uni yettinchi yil davomida ham muxlislar, ham Gvardiola uchun sevimli futbolchiga aylantirib qo'ydi.

Bernardu Silva

Rayan Sherki so'nggi oyillarda asosiy tarkibdan joy olgandir. U debyut mavsumida Premyer-ligada 28 o'yinda 14 ta samarali harakat amalga oshirdi.

Fransiyalik hujumchi mavsumning bir qismida zahirada qolgan bo'lsa-da, hozirgi formasiga ko'ra, uni tarkibdan chiqarish qiyin.

Rayan Sherki

Fil Foden, Kovachich va Reyniders kabi variantlar bor, ammo hozir Sherki asosiy nomzodlardan biridir.

Jeremi Doku "Sautgempton"ga qarshi zahiradan tushgan bo'lsa-da, ayanan u finalga chiqishda hal qiluvchi roli o'ynadi. Belgiyalik futbolchining tezligi, kuchliligi va texnikasi raqib himoyasi uchun juda og'ir bo'ldi. U dushanba kuni asosiy tarkibda o'ynashi kutilmoqda.

Jeremi Doku

Erning Holand hujumda esa, albatta, Erning Holandni ko'ramiz. U ayni paytda eng kerakli vaqtda formasiga qaytgandek: barcha musobaqalardagi so'nggi besh o'yinda besh gol urdi.

Hatto gol urmaganda ham Holandning topni saqlab turishi va raqib diqqatini o'ziga qaratishi jamoa uchun juda muhim.

Erning Holand

Antuan Semenyo ayrimlar Antuan Semenyoning so'nggi o'yinlarda samaradorligini tanqid qilmoqda, ammo uning chempionlik poygasiga ta'siri katta.

U yanvar da "Bornmut"dan kelganidan bu yana "Siti" safida Premyer-ligada 12 o'yinda 5 gol va 1 assist qayd etdi. Bu uning "shaharlar" jamoasidagi faoliyatining juda yaxshi boshlanganini ko'rsatadi.

Hoziroq boshqa variantni tasavvur qilish qiyin. Savyo yaxshi o'yin ko'rsatmoqda, ammo Semenyoning gol urish iqtidori uni asosiy tarkibdan joy berishga yetarli.

Tahminiy asosiy tarkib: Donnarumma; Nunez, Husanov, Gexi, O'Rayli; Niko, Bernardu, Sherki; Doku, Holand, Semenyo

Zaxiradagilar: Trafford, Stounz, Ake, Ayt-Nuri, Kovachich, Foden, Reyniders, Marmush, Savin'o

Manba:Sports.uz
Ulashish: