FutboldeSport Tahririyati 35

A Seriya: "Roma" 7 yildan so'ng Chempionlar ligasiga qaytdi, "Yuventus" esa Yevropa ligasida o'ynaydi

A Seriya 38-turidan so'ng "Roma" Chempionlar ligasiga qaytdi, "Yuventus" esa Yevropa ligasida o'ynaydi.

A Seriya: "Roma" 7 yildan so'ng Chempionlar ligasiga qaytdi, "Yuventus" esa Yevropa ligasida o'ynaydi

A Seriya 38-turidan so'ng "Roma" Chempionlar ligasiga qaytdi, "Yuventus" esa Yevropa ligasida o'ynaydi. "Roma" safarda "Verona"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Dastlab, 56-daqiqada Donyell Malen hisobni ochgan bo'lsa, 90+3-daqiqada Stefan El-Shaaravi oradagi farqni ikkitaga oshirib, o'yinga nuqta qo'ydi — 2:0.

Roma

Shu tariqa, rimliklar 73 ochko jamg'arib, 3-o'rnni qo'lga kiritdi. Jan Pyero Gasperrini shogirdlari kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etadi.

Shuningdek, "Yuventus" — "Torino" uchrashuvida jangovar durang qayd etildi. Turinliklar mavsumni 69 ochko bilan 6-pog'onada yakunladi va jamoa Yevropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: