BoshqadeSport Tahririyati 88

14 yoshli turkiyalik grossmeyster shaxmat tarixida yangi rekord o'rnatdi

14 yoshli turkiyalik grossmeyster Yagiz Kaan Erdogmush klassik reytingda 2700 ochko chegarasini bosib o'tgan eng yosh shaxmatchiga aylandi.

12–17 aprel kunlari Monakoda o'tgan "Avlodlar jangi" seriyasi doirasida u 51 yoshli grossmeyster Veselin Topalovga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda hal qiluvchi pallasi ikkinchi partiya ga to'g'ri keldi — murakkab kurashda Topalov jiddiy xatoga yo'l qo'yib, mag'lub bo'ldi.

Yagiz Kaan Erdogmush

Shundan so'ng bahsda ustunlik to'liq yosh iste'dod tomonga o'tdi: Erdogmush uchinchi partiyada ham g'alaba qozondi, to'rtinchi partiyada durrang bilan yakunlandi va yakunda u yana ikki bor raqibidan ustun keldi. Yakuniy hisob — 5:1.

Shaxmat taxtasi

Ushbu natija orqali Erdogmush 22 reyting ochkosini qo'lga kiritib, 2700 marradan oshdi. Shu tariqa u mazkur ko'rsatkichga erishgan eng yosh shaxmatchiga aylandi. Avval bu rekord Vey Iga tegishli edi, ammo turk shaxmatchisi uni qariyb bir yilga yangiladi.

Shaxmatdon
Shaxmat
Shaxmat taxtasi
Shaxmat
Shaxmatdon
Shaxmat
Shaxmat taxtasi
Shaxmat
Manba:Sports.uz
Ulashish: