Osiyo Kubogida birinchi kungi o‘yinlar yakunlandi! O'zbekiston maydonga tushmadi
Saudiya Arabistonida U-17 Osiyo kubogi start oldi.

A guruhida mezbon 🇸🇦Saudiya Arabistoni o‘smirlari 🇲🇲Myanma ustidan yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvni Akobirxo‘ja Shukurullayev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib bordi.
Guruhdagi ikkinchi o‘yinda qo‘shnilarimiz 🇹🇯Tojikiston terma jamoasi 🇹🇭Tailand ustidan muhim 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. 2-turda tojiklar guruh autsayderi 🇲🇲Myanmaga qarshi o‘ynaydi va g‘alaba qozongan taqdirda pley-off va U17 JCH masalasini hal qiladi.
B guruhida favorit 🇯🇵Yaponiya 🇶🇦Qatar ustidan ishonchli g‘alaba bilan boshladi. Birinchi bo‘limda 🇶🇦Qatar 1:0 hisobidagi ustunlik bilan tanaffusga chiqqan bo‘lsa-da, yaponlar ikkinchi bo‘limda o‘yinni o‘zgartirishni uddaladi.
B guruhidagi navbatdagi o‘yinda esa 🇮🇩Indoneziya so‘nggi daqiqalarda kiritilgan gol evaziga 🇨🇳Xitoy ustidan g‘alaba qozondi va JCHga chiqish uchun imkoniyatlarini yaxshilab oldi.
Shumoliy Koreya Osiyo kubogi startiga 5 kun qolganida musobaqada ishtrok etmasligini ma'lum qildi.
O'zbekiston guruhdoshi bo'lgan Shimoliy Koreya shu sababdan 1-turda dam oladigan bo'ldi.
Ushbu guruhda
Avstraliya
Hindiston
O'zbekiston
Guruh g'olibligi uchun kurash olib boradi.Ushbu turnirda o'z kvartetida 1-2 pog'onani band etganlar, jahon chempionatida ishtrok etadi.