O'zbekiston sportideSport Tahririyati 108

Prezident Shavkat Mirziyoyev "Neftchi" bolalar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg'ona viloyati futbol assotsiatsiyasiga qarashli futbol markazi va "Neftchi" bolalar futbol akademiyasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev "Neftchi" bolalar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg'ona viloyati futbol assotsiatsiyasiga qarashli futbol markazi va "Neftchi" bolalar futbol akademiyasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Farg'ona viloyati o'zining boy futbol an'analari va iste'dodli charm top ustalari bilan mashhur. Jumladan, 1962 yilda tashkil etilgan "Neftchi" futbol klubi O'zbekiston Superligasining 6 karra chempioni, mamlakat kubog'ining 2 karra va superkubokning 1 karra sohibi hisoblanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev

Shuningdek, klub 1994 yilda MDH kubogi finalchisi bo'lgan, 1994-1995 yillarda esa Osiyo chempionlar ligasida bronza medallarini qo'lga kiritgan.

Neftchi

Bugun ham hududda iqtidorli yosh futbolchilarni saralab olish va tayyorlash, malakali murabbiylar zahirasini shakllantirish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, professional futbol klublari akademiyalarini rivojlantirishga qaratilgan choralar natijasida 2025 yilda "Neftchi" bolalar futbol akademiyasi tashkil etilgan.

Futbol akademiyasi

4,5 gektardan ortiq maydonni egalagan akademiyada 150 nafardan ziyod o'quvchi-yoshlar uchun mo'ljallangan. Bu yerda 6 ta katta va kichik futbol maydoni, zamonaviy tibbiy va reabilitatsiya uskunalari bilan jihozlangan fizioterapiya bo'limi faoliyat yuritadi.

Futbol maydoni

Akademiyada 1,1 million dollarlilik sun'iy qoplamali, havo gumbaz bilan yopilgan yopiq futbol manej barpo etilgan.

Futbol manej

Viloyatda futbol muhitini jahon standartlari darajasiga olib chiqish, iqtidorli yoshlarni saralash maqsadi uchun UEFA instruktorlari va boshqa xalqaro mutaxassislar jalb qilingan.

UEFA instruktorlari

Prezidentimiz akademiyada futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirdi. Yoshlar bilan muloqot qilib, ularning mashg'ulotlarini kuzatdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev
Futbolchilar
Futbol akademiyasi
Futbol maydoni
Manba:Sports.uz
Ulashish: