34 C
Tashkent
Juma, Iyun 18, 2021
Home Blog Page 3

Otabek Shukurov «Sharja»dan ketdi

Shukurov BAA’ning «Sharja» jamoasini tark etayotganini ma’lum qildi.Bu haqida futbolchi o’zining Instagram sahifasida e’lon qilgan.

2018-yilda «Bunyodkor» jamoasidan BAAning «Sharja»klubiga o’tgan,Otabek Shukurov BAAdagi faoliyati davomida ikki sovringa ega chiqdi.

Mamlakat chempionligi va Superkubogini qo’lga kiritdi.

24 yoshli O’zbekiston terma jamoasi a’zosining keyingi manzili noma’lum.

«Paxtakor»klubidan Shodiyevlar oilasi voz kechdimi?

«SFI Management Group» kompaniyasi «Paxtakor» klubining 80 foiz aksiyasidan voz kechdi,deya xabar bermoqda Alisher Nikimbayev.

Toshkent shahar hokimiyatiga 80 foiz aksiya o’tdi. Qolgan 20 foiz ham Toshkent shahar hokimiyatiga tegishli edi.

SHunday qilib, 2017 yil aprel oyigacha bo’lganidek «Paxtakor» to’lig’icha shahar hokimiyatiga qarashli klubga aylandi.

O’zbekistonlik millarder Alisher Usmonov intervyularidan birida «SFI Management Group» Shodiyevlar oilasiga tegishli kompaniya ekanligini ma’lum qilgan edi.

Mahmud Muradovning navbatdagi raqibi va jang sanasi aniq bo’ldi

0

Bu haqida sportchi Instagramdagi sahifasida malum qildi. 

Unga ko’ra, Mahmud 28 avgust kuni Jerald Mirshertga qarshi jang qiladi.

Malumot uchun, Mirshert MMAdagi faoliyati davomida 46 ta jang o’tkazgan va ularning 32 tasida g’alaba qozongan. 14 ta o’yinda mag’lub bo’lgan.

O’zbekistonlik sportchi esa UFCda 3 jangning barchasida g’alaba qozongan.

OFK Kubogi. To’liq jadval,qachondan boshlanishi va Turkmaniston klublari ishtrok etmasligi haqida…

11-may sanasidan boshlab, OFK kubogi guruh bosqichiga start berilishishi kutilmoqda.

Turkmanistonning ikki jamoasi – «Ahal» va «Nasaf» bilan bir guruhdan joy olgan «Oltin Asr» klubi musobaqada ishtirok etmaydigan bo’ldi.Turkmaniston manbalari bu borada yetarli ma’lumot taqdim etishmagan.Katta ehtimol bilan Moliyaviy sababga ko’ra yuqorida zikir etilgan jamoalar OFK musoboqasidan voz kechishdi.

Endilikda «F» guruhidagi «Nasaf» Dushanbeda ikkita o’yin o’tkazadi:

14 may: «Nasaf»  – «Oloy» (Qirg’iziston)

17 may: «Xo’jand» (Tojikiston) – «Nasaf»

20 may: «Oloy» – «Xo’jand»

OFK KUBOGI JADVALINI TO’LIQ TAQDIM ETAMIZ:

UEFA chempionlar ligasi.Hafta qahramoni e’lon qilindi

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Riyad Mahrez CHempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Jazoirlik 30 yoshli futbolchi «Pari Sen-Jermen»ga qarshi yarim final javob o’yinida dubl qayd etib, «shaharliklar»ni finalga olib chiqqan edi.

SHuningdek, ushbu sovrin uchun «Manchester Siti» himoyachisi Ruben Diash, «CHelsi» futbolchilari Ngolo Kante hamda Kay Xavertc davogarlik qildi.

Rasman: Zarrux Adashevning UFC’dagi jangi bekor qilindi

0

O’zbekistonlik UFC jangchisi Zarrux Adashevning Rayan Benuaga qarshi UFC’dagi jangi bekor qilindi.

Bunga Rayan Benuaning vazn o’lchash marosimiga tayyorgarlik jarayonida qiyinchilikga uchrab, ahvoli yomonlashgani sabab bo’lgan.  Hozirgina o’tkazilgan vazn o’lchash marosimida Rayan Benua o’zini tutib turolmagandi. U faqatgina ikkinchi urinishdagina taroziga chiqib 129 funt og’irlik qayd etdi. Bu esa vazn limitidan 3 funtga ko’proqdir. 

Qozon «Katta Dubulg’a» turnirida omadsizlik qurboni bo’ldik

0

Qozon shahri mezbonligida o’tayotgan dzyudo bo’yicha «Katta Dubulg’a» turkumiga kiruvchi turnir o’zbekistonlik dzyudochilar uchun ertaroq yakunlandi.

So’nggi umidimiz SHermuhammad Jandriev bronza medali yo’lidagi o’tish bellashuvida franciyalik Aksel Klergetga imkoniyatni boy berib, musobaqani 7-o’rinda tugatdi. -90 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilgan yosh dzyudochimiz uchun bu turnir tajriba vazifasini o’tab berdi.

SHu tariqa, bosh murabbiy Ilias Iliadissiz ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi uchun Qozon turniri yakunlandi. Musobaqadagi eng yaxshi natijamiz 7-o’rin bo’ldi. SHarofiddin Lutfullaev va SHermuhammad Jandreev bronza ostonasida ishtiroklarini to’xtatishdi. 

Endi terma jamoamiz azolari bor etiborlarini kelasi oy Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o’tkaziladigan jahon chempionatiga qaratishadi. 

Qozon «Katta Dubulg’a». Bugun og’ir vaznli dzyudochilarimiz tatamiga chiqadi

0

Bugun Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo’yicha «Katta Dubulg’a» turnirining so’nggi uchinchi kuni.

Bugun og’ir vazn toifasidagi bahslar tashkil etiladi. Erkaklar -90, -100, +100 kg, ayollar esa -78 va +78 kg vazn toifalarida musobaqa medallari hamda Tokio Olimpiadasi yo’lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. 

Bugun tatamiga chiquvchi dzyudochilarimiz:

-90 kg vazn toifasi

SHermuhammad Jandriev – Iyal Le Biu (Kongo Demokratik Respublikasi) ikkinchi davra

Doston Meyliev – Mattias Kuusik (Estoniya) birinchi davra

-100 kg vazn toifasi

Muhammadkarim Hurramov – Boris Georgiev (Bolgariya) birinchi davra

+100 kg vazn toifasi

Alisher Yusupov – Yur Spiykers (Niderlandiya) birinchi davra 

-78 kg vazn toifasi

Irisxon Qurbonboeva – Antonina SHmelyova (Rossiya) ikkinchi davra    

+78 kg vazn toifasi

Rinata Ilmatova – Evgeniya Bogdanova (Rossiya) birinchi davra

Mahmud Muradov va UFC yangi kelishuvga erishdi

0

Mahmud Muradov UFC bilan yangi shartnomaga qo’l qo’ydi.

Jangchimiz UFC bilan to’rtta jang uchun yangi shartnomaga qo’l qo’ygan. Bu haqida sportchimiz o’zining «Instagram» sahifasida malum qildi.

Eslatib o’tamiz, Mahmud Muradov UFC’da uchta jangda ishtirok etib, barchasida g’alaba qozongan.

«Nasaf» hakamlarni o‘z tomoniga moddiy manfaatdor qilishga harakat qilganligi uchun jazolandi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, “Nasaf” professional futbol klubiga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi.

“Nasaf” PFK vakili tomonidan klub manfaatini ko‘zlab, 2020-yil futbol mavsumida hakamlarni o‘z tomoniga moddiy manfaatdor qilish evaziga og‘dirishga uringani uchun O‘FA intizom kodeksining 5.26. bandiga muvofiq futbol klubi 50 000 000 so‘m jarimaga tortildi.

Mazkur qaror O‘FA tomonidan rasmiy tarzda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Manba: UFA.UZ