34 C
Tashkent
Juma, Iyun 18, 2021
Home Blog Page 2

Tokio-2020. Og’ir atletikachilarimizdan kimlar ishtrok etadi?

0

Malumki, poytaxtimizda o’tgan yoshlar o’rtasidagi jahon chempionatidan so’ng og’ir atletika bo’yicha Tokio-2020 reyting ochkolarini jamg’arish davri yakunlangan.

Xalqaro og’ir atletika federaciyasi (IWF) reyting orqali Olimpiada yo’llanmasini qo’lga kiritgan sportchilar nomini elon qildi.

O’zbekiston terma jamoasi uchun Tokio-2020 Olimpiadasiga 2+2 ko’rinishida 4 ta yo’llanma berilgan edi. Quvonarlisi, jamoamiz berilgan imkoniyatdan maksimal darajada foydalana oldi. IWF reytingi orqali yigitlarimizdan Adhamjon Ergashev (-67 kg) va Akbar Jo’raev (-109 kg), qizlarimizdan Muattar Nabieva (-55 kg) va Kumushxon Fayzullaeva (-76 kg) Tokio-2020 yo’llanmalariga sazovor bo’lishdi.

Aleksandr Povetkin faoliyatini yakunladi

0

Superog’ir vazn toifasida WBA va WBC yo’nalishlari sobiq vaqtinchalik chempioni Aleksandr Povetkin faoliyatini yakunlaganini elon qildi.

«Yillar o’zinikini oladi. Bir qarorga keldim. Professional sportchilik faoliyatim yakunlandi», — deya qaroriga izoh berdi Povetkin.

Koronavirusga chalinganidan so’ng bokschining sog’lig’i bilan bog’liq muammolar paydo bo’lgandi. Povetkin holatiga qarab bir qarorga kelishini aytib kelayotgan edi. Nihoyat, kecha u qo’lqoplarini mixga ilganini elon qildi. 

Malumot uchun, 41 yoshli Aleksandr Povetkin havaskorlar o’rtasida Olimpiada chempioni, jahon chempioni, ikka karra Evropa chempioni, «Yaxshi niyat» o’yinlari g’olibi, Profession boksda vaqtinchalik WBC (2020—2021), Muntazam WBA (2011—2013), WBC Silver (2014—2016), WBO International (2017—2018) hamda WBA Inter-Continental (2017—2018) chempionlik kamarlari sohibi bo’lgan.

Eriksen yurak huruchidan keyin ilk bor intervyu berdi

«Inter» klubi va Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen Evro-2020 doirasidagi Finlyandiyaga qarshi o’yindagi yurak hurujidan so’ng o’zini qanday his qilayotganini aytdi.

«Rahmat, men taslim bo’lmayman. Hozir yaxshiroqman, ammo nima bo’lganini tushunishni xohlayman. Men uchun qilgan ishlaringiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildirmoqchiman», – deydi Eriksen.

Eslatib o’tamiz, daniyalik futbolchi Evro-2020 doirasidagi Finlyandiya (0:1)ga qarshi o’yin paytida yurak hurujiga uchrab hushini yo’qotgandi. SHifokorlar dastlabki yordamni ko’rsatishgan, shundan so’ng futbolchini shifoxonaga olib ketishgan edi.

Tarixiy natija, O’zbekiston – Jahon chempionatining bronza medali sohibi!

0

Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonligida o’tayotgan kattalar o’rtasidagi jahon chempionati o’z yakuni sari yaqinlashmoqda.

Quvonarlisi, bugun musobaqaning so’nggi kuni o’tkazilayotgan jamoaviy bellashuvlar O’zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlanli. Hozirgina dzyudochilarimiz bronza medali uchun kechgan bahsda Janubiy Koreya terma jamoasini muddatidan avval mag’lubiyatga uchratishdi. Obidxon Nomonov, Gulnoza Matniyazova, SHermuhammad Jandriev va Muzaffarbek To’raboev terma jamoamizga g’alaba taqdim etishdi. O’zbekiston – Janubiy Koreya – 4:1!!!  

Eslatib o’tamiz, dzyudochilarimiz guruh bosqichida Vengriya (4:2), Braziliya (4:0) terma jamoasini mag’lub etishdi. Yarim finalda Franciyaga imkoniyat boy (1:4) berilgandi.  

SHohjahon Ergashev vazn tashlash jarayonidan video taqdim etdi

0

Ertaga professional bokschimiz SHohjahon Ergashev Toshkentda navbatdagi jangini o’tkazadi.

U mazkur bahs oldidan vazn tashlash jarayoni aks etgan videoni Instagramdagi sahifasiga joylashtirdi. 

Eslatib o’tamiz, ertaga soat 18:00dan so’ng «O’zbekiston» sport majmuasida ushbu jang oqshomi boshlanadi. Bugun esa tarozidan o’tish marosimi tashkil etiladi. 

JCH-2022 saralashi. Turkmaniston so’nggi daqiqalarda ikkita gol urib Livanni mag’lub etdi

Osiyo qitasida JCH-2022 saralashi davom etmoqda.

Biroz oldin Turkmaniston va Livan o’rtasidagi bahs yakuniga etdi. Unda dastlab qo’shnilarimiz hisobni ochishdi, bunga livanliklar ikkita gol bilan javob berishdi. So’nggi daqiqalarda Turkmaniston ikkita gol urib 3:2 hisobida irodali g’alabaga erishishdi.

Ushbu mag’lubiyatga qaramay Livan 10 ochko bilan guruhda ikkinchi o’rinda qolmoqda. Jamoa so’nggi turni Janubiy Koreyaga qarshi o’tkazadi. Turkmaniston esa 9 ochko bilan saralashni yakunladi va endi Osiyo kubogi-2023 saralashi uchinchi bosqichida ishtirok etadi.




JCH-2022 saralashi.
Turkmaniston – Livan 3:2
Gollar: 
Zafar Bobojonov 59, Guychmurat Annaguliev 85, Altimurad Annadurdiev 90+3 – Rabih Ataya 73, Suni Saad 75.
CHetlatish: Nur Mansur 86.

«Nasaf»ning OFK kubogi guruh bosqichidagi o‘yinlari vaqti bilan tanishing!

Bugun Qarshining “Nasaf” jamoasi «OFK Kubogi-2021» musobaqasi guruh bosqichida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga yo‘l oldi.

«Ajdarlar» musobaqaning “F” guruhida «Oltin asr» (Turkmaniston), «Xo‘jand» (Tojikiston) va «Oloy» (Qirg‘iziston) klublariga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yinlar 14-20 may oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. 

«Nasaf» ishtirokidagi barcha uchrashuvlar UzReport TV da jonli efirda namoyish etiladi.

«Nasaf» ishtirokidagi o‘yinlarning boshlanish vaqtlari:

UEFA chempionlar ligasi. Final Portugaliyada bo’lishi kutilmoqda

UEFA rahbariyati finalini o’tkazish uchun boshqa stadion variantlarini ko’rib chiqmoqda. Bu haqida ESPN ma’lumot berib o’tdi.

«Manchester Siti» va «CHelsi» jamoalari Lissabon yoki Londonda bo’lib o’tishi rejalashtirilmoqda.

Ayni damda Turkiyada epidemiologik holat juda xavfli bo’lib turgani uchun o’yin Istanbulda bo’lmasligi mumkin.

OChLning ikki guruhi o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Osiyo futbol konfederatsiyasi Osiyo Chempionlar ligasi «H» va «I» guruhi o‘yinlari markazlashgan holda O‘zbekistonda o‘tkazilishini rasman ma’lum qildi.

Osiyo Chempionlar ligasi sharq mintaqasining «H» va «I» guruhi o‘yinlari mezbonligi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga topshirildi. Guruh bosqich o‘yinlari 25 iyundan 11 iyul kuniga qadar o‘tkaziladi. 

«H» guruhidan «Gamba Osaka» (Yaponiya), «Chonbuk Motors» (Janubiy Koreya), «Sidney» (Avstraliya) va «Tampins Rovers» (Singapur) klublari joy olgan. «I» guruhidan esa «Beytszin Goan» (Xitoy), «Kavasaki Frontale» (Yaponiya) va «Seres» (Filippin) jamoalari joy olgan. 

Avvalroq, ushbu uchrashuvlar Toshkentda o‘tkazilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

OFK bungacha sharq mintaqasining qolgan uchta guruhi – «F», «G» va «J» guruh bosqich o‘yinlari Tailandda o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, OChLda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan «Paxtakor» va OKMK klublari guruh bosqichini BAA va Saudiya Arabistonida o‘tkazib, pley-offga chiqa olishmadi.

Nur-Sulton turnirida 5 ta medal qo’lga kiritildi

0

Qozog’istonning Nur-Sulton shahrida yunon-rum kurashi bo’yicha yoshlar o’rtasida o’tkazilayotgan xalqaro xotira turniri o’z yakuniga etdi.

Jaksalik Ushkempirov xotirasiga bag’ishlab tashkil etilgan ananaviy musobaqada Xayrulla Abdullaev murabbiyligidagi O’zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etdi. 

Turnir yakunida yoshlarimiz tomonidan jami 5 ta medal qo’lga kiritildi. 97 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Abrorbek Nurmuhammedov oltin, Abror Atabaev (63 kg), Jamol Jumaboev (72 kg), SHahriyor Jo’raboev (87 kg) kumush, Alimardon Abdullaev (55 kg) esa bronza medaliga sazovor bo’ldi.

Manba: olamsport.com