“Neftchi” yozgi ta’tilga chiqdi
“Neftchi” jamoasi qisqa muddatli yozgi ta’tilga chiqdi. 10-iyun kuni Turkiyaning Antaliya shahrida yozgi o’quv-mashg’ulot yig’ini boshlanadi.

Oʻzbekiston kubogi guruh bosqichidagi so’nggi uchrashuvdan so’ng “Neftchi” jamoasi qisqa muddatli yozgi ta’tilga chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumki, 11-iyun dan futbol bo’yicha Jahon chempionati start oladi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ushbu munda lada ishtirok etishi sababli Superligada tanaffus yuzaga keldi. Shu bois far’gonaliklarga qisqa muddatli ta’til berildi.

Islombek Ismoilov boshchiligida “Neftchi” 10-iyun kuni Turkiyaning Antaliya shahrida yozgi o’quv-mashg’ulot yig’inini boshlaydi. Rejaga ko’ra, jamoa 24-iyun kuni Oʻzbekistonga qaytadi.
Shundan so’ng klub Superliganing ikkinchi davrasi hamda mavsumning qolgan qismiga tayyorgarlikni o’z qarorgohida davom ettirmoqda.